1-tajriba ish Sof tug`ma elementlar, sulfidlar, galloidlar, oksidlar sinfiga oid minerallarni o`rganish ishning maqsadi



Download 20.71 Kb.
Page5/7
Date25.01.2024
Size20.71 Kb.
#63340
1   2   3   4   5   6   7
1-tajriba ish Sof tug`ma elementlar, sulfidlar, galloidlar, oksi-fayllar.org
Nazariy qism
Galloid birikmalar
Bu sinfgа vоdоrоdli kislоtаlаrining turlаri: ftоr, хlоr, brоm vа yоd hоsil qilgаn minerаllаr kirаdi. Yer po’sti tаrkibidа bulаrning 2000 gа yaqin minerаllаri bоr.
Bulаrdаn Ftоr vа Хlоrlаr ko’p tаrqаlgаn.
Ftоrlаr – NaFkislоtаsining tuzlаridаn hоsil bo’lgаn minerаllаri. Bulаr gidrоtyermаl, hаqiqiy mаgmаtik vа pnеvmаtоid jаrаyonlаridа hоsil bo’lаdi. Ulаrdаn bа’zilаri cho’kindi yo’l bilаn hosil bo’ladi.
Хlоridlаr - хlоridi minerаllаr (Nа, K vа MgS2 lаr). kumush, mis, qo’rg’оshin, simоb tuzlаri kаm uchrаydi. Ko’pinchа хlоridlаr ko’l vа dеngiz hаvzаlаridа kimyoviy cho’kindi tаriqаsidа vujudgа kеlаdi. Ulаr suvsiz vа suvli хlоridlаrgа bo’lingаn.
Gаllоidlаr O’zbеkistоnning Qurаmа, Chоtqоl vа Hisоr tоg’ tizmаlаridа uchrаydi.
Galit NaCl –Grekcha “galos”-dengiz, tuz demakdir. Sinonimlari: tosh tuz (zich yirik massa bo`lib, tog` jinslari ichida yotgani) va cho`kma tuz (kristallari bir-biriga yopishmagan agregatlar bo`lib, sho`r suvli havzalar tagiga cho`kkani). Massasi kristall singoniyasi kub shaklida. Qattiqligi-2,5 zichligi 2,1-2,2 g/sm3 shaffof va rangsiz kulrang jilovlanadi, sariq qo`ng`ir va qora rangda; shishasimon yaltiroq, ta`mi tuzdek, suvda eriydi, ulanish tekisligi juda mukammal. Galit mo`rt. Galit suvda oson eriydi. Ko`pchilik konlari cho`kindi usulida hosil bo`ladi. Galitning eng katta zapaslari tosh tuz konlaridadir. Ular turli geologik davrlarda yuzaga kelgan bo`lsa ham eng ko`p katta konlari perm davri cho`kindilari bilan bo`g`liqdir. Galitning qo`llanilishi juda ham xilma-xildir. Jumladan u muhim oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash vositasidir. U xlor kislota, xlor, sodalar, uyuvchi natriy ishqorini va boshqa ko`p birikmalarni olish uchun ximiya sanoatida keng qo`llaniladi.

Flyuorit CaF2(plavik shpati)–Kristall shakllari, qirralari yaxshi rivojlangan kubik, ayrim hollarda oktaedr singoniyali. Qattiqligi-4, zichligi-3,2 g/sm3, asosan sariq, yashil, havo rang, siyoxrang, qoramtir siyoxrang tongda ayrim turlari rangsiz. Shishasimon yaltiroq; ulanish tekisligi mukammal. Ko`plab gidrotermal konlari mavjud. Shunday qilib, izotrop manfiy relef, ikki tomonlama ajralish darzliklari va ba`zan och binafsha rang fluoritning xarakterli belgilaridir.

Sil`vin – KCl. Tarkibi – K – 52,5%, Cl – 47,5%. Mexanik aralashma holda NaCl, Fe2O3 ishtirok etadi. U kub singoniyali, qavat-qavat teksturali yaxlit donador massalar holida topiladi. Silvinning toza xillari – shaffof, rangsiz, oq, och qizil va pushti rangli boladi, shishadek yaltiraydi, qattiqligi – 1,5-2, solishtirma ogirligi – 1,99. Uning mazasi otkir shor, bazan achchiq ancha mort mineral.U galit kabi qurayotgan shor suvli kollarda yuzaga keladi.Silvinning dunyodagi eng yirik koni Rossiyadagi – Solikamsk hisoblanadi. Bundan boshqa katta konlarga Germaniyadagi –Strassfurt va Elzas, Fransiyada topilgan. Malumki, kaliy tuzlarining kop qismi dalalarni ogitlash uchun sarf boladi, biroz qismi kimyo sanoatida, tibbiyot, parfumeriya, qogoz sanoatida, shisha va lak-boyoq tayyorlashda qollaniladi


Download 20.71 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page