Korund-Al2O3 –Bu mineral dastlab Hindistonda shu nom bilan atalgan. Kristallari buchkasimon, ustunsimon piramidal va plastinka shaklida uchraydi. Rangi ko`proq kukish yoki sarg`ish-kulrang bo`lib, xilma-xil rangli shaffof kristallari xam uchraydi. Qimmatbaxo shaffoflari: leykosapfir-rangsiz, sanfir-ko`k, rubin-qizil, «sharq amatistit» binafsha, «sharq zumrati»-yashil. Qattiqligi-9. Obraziv material sifatida ishlatiladi.
Magnetit –Fe2O4. Singoniyasi kubik. Kristallari ko`proq sakkiz qirrali qiyofada bo`ladi. Ko`p xollarda yaxlit donador massalar yoki xoll-xol donalar xolida uchraydi. Rangi temir kabi qora. Chizig`i qora. Yarim metal kabi yaltiraydi. Qattiqligi 5,5-6,0. Ulanish tekisligi yuq. Sol. Og`. 4,9-5,2. Kuchli magnit tortish xususiyatiga ega. Eng muhimi temir rudasi.
Limonit- Fe2O3nH2O (qo`ngir temirtosh) Ko`pincha ochiq, buyraksimon yoki stalaktit shakillarida yoki ziyaya yaxlit, g`ovak, shlaksimon, kukunsimon massalar tarzida uchraydi.
Rangi qo`ng`irdan qoragacha. Kukunsimon limonit yoki limonit oxrasi ancha och sarg`ish qo`ngir. Buyraksimon limonit smolasimon qora rangda yaltiraydi. Qattiqligi 1,5-5,5. Zichligi. 3,3-3,9. Sol. Og`. 3,3-4,0. Sinishi-chig`anoqsimon. Muhim temir rudasi.Singoniyasi –romboedrik.
Topshiriq – Talabalalar namunalar asosida guruhlar minerallarini ta’riflaydi.
Buning uchun: l.Ish daftari;
2.Qalam, ruchka, chjizg'ich;
3. Minerallar namunalari.
Hisobot turi: Mashg'ulot yakunida talabalar namunalarni ta’riflab hisobot topshiradilar.
http://fayllar.org