BerdaQ nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Antotserotsimon yo'sinlar — Anthocerotopsida



Download 0.88 Mb.
Page5/10
Date13.12.2022
Size0.88 Mb.
#60118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Munojat[1]
1. 2. Antotserotsimon yo'sinlar — Anthocerotopsida.
Bu ajdodga 300 ga yaqin tur kiradi. Yer sharining asosan tropik
va mo'tadil iqlimli joylarida tarqalgan.
Ko'pchilik adabiyotlarda antotserotsimonlar ajdodiga bitta, boshqa
adabiyotlarda esa antotserotdoshlardan tashqari, ikkinchi oila sifatida
Notatildoshlar (Notatilaceae) oilasiga ham ajratiladi.
Birinchi oilaning antotseros turkumi tabiatda ancha keng tarqalgan
bo'lib, 200 ga yaqin turga ega.
Antotserotsimonlarning tanasi yassi yoki tasmasimon, uzunligi
2—3 sm, diametri 1—3 sm. Ayrim turlarida sporogonining uzunligi
13 sm gacha balandlikda bo'ladi. Tanasi bir necha qavat yupqa
hujayralardan tashkil topgan. Tallomining ostki tomonidan rizoidlari
joylashgan. Antotseros turkumi vakillarining assimilatsion hujayralarida
yaproqsimon xromatofori va pirenoidi mavjud. Bu jihatdan ular
suvo'tlariga o'xshab ketadi.
Antotserotlarning ko'payishi vegetativ, jinsiy va jinssiz yo'llar
bilan boradi. Vegetativ ko'payuvchi ko'p yillik vakillari tallomining
ostki tomonida tugunakchalar hosil bo'lib, ular yordamida ko'payadi.
Ularda jinsiy ko'payish organlari (anteridiy, arxegoniylar) gametofitga
endogen joylashgan.
Anteridiylar bittadan yoki guruh bo'lib, maxsus bo'shliq —
anteridiy uyasida joylashgan. Ustki qismi yorilib ochiladi, natijada
spermatozoidlar tashqariga chiqib tarqaladi.
Arxegoniylar gametofitning yon tomonlarida joylashadi. Uning
tuxum hujayrasi urug'langandan so'ng zigota, undan esa murtak
hosilbo'shliq kcyinchalik tepa qismidan ochilib, undan spermatozoidlar
tashqariga chiqadi.
Arxegoniyli o'simlik tallomida esa arxengoniylar
joylashgan. Urug'lanish bahorda ro'y beradi. Urug'langan tuxum
hujayralardan zigota taraqqiy etadi. Zigotadan esa sporogon o'sadi.
Sporogonning ichida joylashgan sporangiydan esa spora va elatera
ipchalari hosil bo'ladi. Elatera ipchasi sporaning atrofga tarqalishiga yordam
beradi. Sporalar pishib yctilganidan keyin uning ko'sakchasi ichki
qismidan chatnab ochiladi va tuproqqa tushgan sporadan dastlab
kichkina yaproqcha (plastinka) protonema, undan esa yangi gametofit
taraqqiy etadi.
3-rasm.Yo'sinlar umumiy ko'rinishi.


Download 0.88 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page