Mavzuning o`rganilganlik darajasi. O`zbekistonda olib borilgan botanik izlanishlar ichida aynan Yo‘sintoifa bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlar, manbalar va ilmiy adabiyotlarning, shuningdek, oilaning turlari ro`yhatini tuzilmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Kurs ishining maqsadi. O`zbekistonda tarqalgan Yo‘sintoifa mansub o`simliklarining zamonaviy holati, o`simlik jamoalarining xilma-xilligi, tur tarkibi, turlar morfologiyasi, tarqalish mintaqalari, hayotiy shakllari, xalq xo`jaligi va xalq tabobati hamda ilmiy meditsinada qo`llanilish usullarini o`rganish.
Kurs ishining vazifalari:
Yo‘sintoifa umumiy tavsif;
─Yo‘sintoifa zamonaviy holatini o`rganish;
─Yo‘sintoifa turlar tarkibini aniqlash, kamyob va endem turlarning kamyoblik maqomini o`rganish ayrim vakillarining morfologiyasini, bioekologik xususiyatlarini o’rganish;
taksonomik tahlil;
hayotiy shakllari va tarqalish mintaqalarini yoritib berish;
xalq xo`jaligi va tabobatda ahamiyatini o`rganish;
Kurs ishining ob`ekti: O`zbekistonda tarqalgan Yo‘sintoifa vakillari;
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Yo‘sintoifa ayrim vakillarining morfologiyasi, bioekologik xususiyatlari va ahamiyati ilmiy adabiyot manbalari asosida o`rganildi:
Dala tadqiqotlari va gerbariy namunalarini o‘rganish orqali Bryophyta oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari taksonomik tarkibi va alohida
turlarning tarqalishi haqidagi ma’lumotlar aniqlandi va to‘ldirildi.
Kurs ishi quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:
Klassik floristik, solishtirma-morfologik, floristikaning solishtirma-geografik usullari, O`zbekiston florasi, O`rta Osiyo o`simliklari aniqlagichi, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ni tahlil qilish va kuzatishlarimizga asoslangan.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, 3 bob, 3 bo`lim, umumiy xulosa va tavsiyalar, 8 ta rasm, adabiyotlar ro`yhatidan iborat. Umumiy hajmi 40 sahifa kompyuter matnidan tashkil topgan.
Share with your friends: |