ASOSIY QISM
I.bob.Yo'sintoifa o'smliklarining kelib chiqishi va klassifikatsiyasi.
Yo'sintoifalar xilma-xil ekologik muhitlarda tarqalgan. Ular tropik
va subtropik zonadan to sovuq tundra zonasigacha bo'lgan hududlarda
uchraydi. Yo'sinlarning taraqqiyot siklidagi xarakterli bclgilaridan yana
bittasi pishib yctilgan spora tarqalganidan so'ng, undan protonemaning
o'sishidir.
Protoncma ko'pchilik yo'sinlarda ipsimon tuzilishga ega. Faqat
sfagnum va andrea yo'sin gamctofitining dastlabki fazasida plastinka
holatida bo'ladi. Jigarsimon yo'sinlarda protonema qisqagina ipchadan
iborat. Bir yoki bir necha hujayralardan tashkil topgan. Uning apikal
hujayrasi uzunasiga 2 ga bo'linib, undan plastinkali yoki poyabargli
gametofit taraqqiy etadi.
Yo'sintoifalar orasida funariyaning (Funaria hydrometrica)
protonemasi yaxshi o'rganilgan. Uning sporasi qulay sharoitda tez
o'sib, ipcha hosil qiladi. Undan keyinchalik rizoid taraqqiy etadi.
Yashil rangli ipsimon protonema xloronemci deyiladi. Ipcha shoxlanib
kaulonema deb ataluvchi bosqichga o'tadi. Bu protonemaning oxirgi
bosqichi bo'lib, unda gametofor kurtaklari va rizoidlar bo'ladi.
Yo'sinlarning bunday ipsimon protonemasi tashqi ko'rinishi jihatidan
yashil suvo'tlariga juda o'xshaydi. Shunga ko'ra yo'sinlarni yashil suvo'tlaridan kelib chiqqan degan taxminlar mavjud. Biroq bu fikrni
tasdiqlovchi asosli dalillar yo'q.
1-rasm .Yo'sinlar tabiatda uchrashi.
Hozirgi klassifikatsiyalar bo'yicha yo'sintoifa o'simliklar bo'limi
3 ta ajdodga (sinfga) bo'linadi:
1. Jigarsimon yo'sinlar Marchantiopsida
2. Antotserotsimon yo'sinlar Anthocerotopsida
3. Poyabargli yo'sinlar Bryopsida.
1.1. Yo'sinsimon o'simliklar klassifikatsiyasi.
Jigarsimon yo'sinlar-Marshansiya.
Ayrim biologlar birinchi va ikkinchi ajdodlarni birlashtirib, birinchi
ajdodga jigarsimonlar kichik ajdodi yoki qabilasi deb qaraydi.
Jigarsimon yosin!ar ajdodi (sinfi) Marchantiopsida
Jigarsimon yo'sinlar gamctofitining xilma-xil bo'lishi va sporofitining
deyarli o'xshashligi bilan xarakterlanadi. Bu sinfga 300 ga yaqin turkum
va 6000 dan ortiq tur kiradi. Ularning ko'pchiligi tropiklarda tarqalgan.
Asosan sernam tuproqda, ayrimlari esa suvda uchraydi. Epifit vakillari
ham mavjud.
Jigarsimon yo'sinlar ajdodining vakillari vegetativ, jinssiz va jinsiy
yo'llar bilan ko'payadi. Hozirgi klassifikatsiyaga ko'ra jigarsimon
moxlar ajdodi 2 ta kichik ajdodga bo'linadi.
1. Marshansiyakabilar - Marshantiidae
2. Yungermanniyakabilar - Jungermanniidae.
Birinchi ajdod Sferokarpnamolar Sphaerocarpales va
Marshansiyanamolar Marchantiales, ikkinchi ajdod esa uchta qabilaga metutsiyanamolar Metzgcrialcs, xaplomitriyanamolar
Haplomitriales va yungcrmanniyanamolarga Jungermanniales
bo'linadi.
Marshansiyakabilar kichik ajdodi (sinfi) Marchantiidae
Bu kichik ajdodga 35000 dan ziyodroq tur kirib, ularni turli
ekologik sharoitlarda Shimoliy va Janubiy yarimsharlarda uchratish
mumkin. Vegetativ tanasi dorzovcntral shakldagi qattanadan iborat
bo'lib, u o'z navbatida xlorofilsiz ko'p qavatli parenxima hujayralaridan
hamda xlorofill assimilatsion to'qimadan tashkil topgan. Qattananing
qorin qismida esa ipsimon va silliq ipsimon rizoidlar hamda tangachalar
joylashgan.
Marshansiyanamolar qabilasining keng tarqalgan vakili oddiy
marshansiya Marchantia polimorpha (2-rasm)dir.
2-rasm. Marchantia:1 anteridiyli (erkak) tallom (qattana), 2 arxegoniyli (urg'ochi) tallom qattana .
Marshansiyalar turkumiga mansub bu tur Yer sharining turli
mintaqalarida tarqalgan. U ko'proq zax ycrlarda, o'rmonlarda o'sadi.
Yaproqsimon tallomining uzunligi 10 sm gacha yetadi. Dixotomik
shoxlangan, to'q-yashil rangli. Yaprog'ining ostki qismida oddiy va
tilsimon rizoidlari va yaxshi taraqqiy etmagan barg boshlang'ichlari
amfigastriyalar joylashgan.
Marshansiya vegetativ, jinsiy va jinssiz yo'llar bilan ko'payadi.
Vegetativ ko'payishi plastinkasining ustki tomonidan hosil bo'ladigan
savatchalar ichidagi ajraluvchi kurtaklar yordamida boradi. Ajraluvchi
kurtaklar shamol yoki yomg'ir tasirida savatchadan ajralib yerga
tushadi va undan yangi marshansiya o'sadi. Marshansiya 2 uyli o'simlik,
anteridiyli holda joylashgan, qisqa bandga ega. Anteridiylar joylashgan
bo'shliq kcyinchalik tepa qismidan ochilib, undan spermatozoidlar
tashqariga chiqadi. Arxegoniyli o'simlik tallomida esa arxengoniylar
joylashgan. Urug'lanish bahorda ro'y beradi. Urug'langan tuxum
hujayralardan zigota taraqqiy etadi. Zigotadan esa sporogon o'sadi.
Sporogonning ichida joylashgan sporangiydan esa spora va elatera ipchalari
hosil bo'ladi. Elatera ipchasi sporaning atrofga tarqalishiga yordam
beradi. Sporalar pishib yctilganidan keyin uning ko'sakchasi ichki
qismidan chatnab ochiladi va tuproqqa tushgan sporadan dastlab
kichkina yaproqcha (plastinka) protonema, undan esa yangi gametofit
taraqqiy etadi. Yungermanniyakabilar kichik ajdodi (sinfi). Bu
ajdodchaga 250 turkum va 5 mingdan ziyodroq tur kirib, ularning
ko'pchiligi tropik va subtropik zonada tarqalgan.
Ayrim vakillari esa epifit va epifil holda uchraydi. Marshansiyalarda arxegoniy qattananing ichki qismida
(endogen) joylashgan bo'lsa, yungermanniyalarda esa ekzogen joylashgan.
Share with your friends: |