BerdaQ nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Poyabargli yo'sinlar — Bryopsida



Download 0.88 Mb.
Page6/10
Date13.12.2022
Size0.88 Mb.
#60118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Munojat[1]
1.3 . Poyabargli yo'sinlar — Bryopsida.
Bu ajdodga 700 turkum 15000 dan ziyodroq tur kiradi. Ularni
Arktika, tundra va o'rmon zonasida, daraxtlarga yopishgan epifit
holda, botqoqliklarda, chuchuk suvlarda, vohalarda, ayrim vakillarini
esa O'rta Osiyoning qumloq cho'llarida uchratish mumkin.
Umuman olganda, bu ajdod vakillari Shimoliy va Janubiy yarim—
sharda keng tarqalgan bo'lib, turli noqulay sharoitlarga juda chidamli.
Shuning uchun ham Yer sharidagi o'simliklar qoplamida ular katta
rol o'ynaydi.
Jigarsimon yo'sinlarda esa poya radial tuzilishga ega. Bu ajdod
vakillarida poya, barg, ayrim vakillarida esa novdalar ham bor.
Poyasining asosidan yoki yotib o'suvchi turlarida poya bo'ylab ko'p
hujayrali ipsimon, shoxlangan rizoidlar taraqqiy etgan.
Barglari o'troq, butun, tomirli yoki tomirsiz bo'lib, poyada zich
joylashgan. Ularning ko'pchiligi ko'p yillik o'simliklardir.
Jinsiy ko'payish organlari poyaning uchida, torf moxlarida esa yon shoxlarda joylashadi.
Ko'pincha jinsiy organlar parafiz iplari bilan o'ralgan. Bu
iplar jinsiy organlarni himoya qilishda muhim rol o'ynaydi. Ayrim
vakillarida jinsiy organlarini o'rab turuvchi barglar turli rangda bo'ladi
(kakku zig'irida).
Urug'lanish jarayonidan keyin zigotadan sporogon taraqqiy etadi.
Sporogon — tovonchadan, band va pufakchadan tashkil topgan.
Sporogonining jigarsimon yo'sinlarnikidan farqi shuki, ularning tashqi
po'sti yashil xlorofill donachalariga ega. Shuningdek, bularda elatera
bo'lmaydi.
Ko'sakchada sporaning to'kilishini ta’minlovchi maxsus moslama—
peristos mavjud. Uning yuzasi epifragma pardasi bilan qoplangan,
tishchalar va epifragma oralig'idagi tcshiklardan spora tarqaladi.
Ayrim vakillarida (andreya yo'sinlarda) ko'sakcha to'rtta bo'lakchaga ajralib ochiladi va sporalar tashqi muhitga tarqaladi.
Sporadan protonema o'sadi, jigarsimon yo'sinlarnikiga nisbatan
ancha ko'proq taraqqiy etgan, yaproqsimon yoki ipsimon shaklda.
Protonemada kurtaklar shakllanib, undan yangi gametofit o'sib chiqadi. Bu ajdod vakillarida ham vegetativ yo'l bilan ko'payishni kuzatish mumkin.
Ayrimlarida vegetativ tananing bo'laklari yordamida (masalan, poyasi, bargi, hatto protonemasidan), ko'pincha esa tanasining turli qismlaridagi
ajraluvchi kurtaklar orqali ko'payadi.
Bu kurtaklar shamol va suv yordamida tarqalib, undan yangi gametofit o'sadi.
Ayrim vakillarida rizoidlari tugunakchalar hosil qiladi.
Poyabargli yo'sinlarning xo'jalikdagi ahamiyati xilma-xildir.
4-rasm .Poya bargli yo'sin.

II.bob. Poyabargli yo'sinlar to'g'risida malumot.


Poyabargli yo'sinsimonlar ajdodi 3 ta kichik ajdod (ajdodcha)ga
bo'linadi:
1. Sfagnumkabilar —Sphagnidae
2. Andreyakabilar — Andraeidae
3. Yashil yo'sinkabilar (Briumkabilar) — Bryidae.
Sfagnumkabilar kichik ajdodi — Sphagnidae
Bu ajdodchaga bittadan qabila (Sphagnales), oila (Sphagnaceae),
turkum (Sphagnum) va 300 dan ziyodroq tur kiradi. Keng tarqalgan
turlariga S. cuspidatum, S. acutifalium, S. squarrosum kabilarni kiritish
mumkin. Sfagnumlar ko'p yillik o't o'simlik bo'lib, faqat sporadan
o'sib chiqqan protonemada rizoidlar bo'ladi. Tanasi yumshoq, oqimtir
yashil, qo'ng'ir yoki qizg'ish rangga ega. Poyasi shoxlangan. Tepa
shoxlari poyasining uchida zich bo'lib, undan pastki shoxi esa bosh
poyaga nisbatan ko'pincha gorizontal holda va poyaning pastki qismidagi
shoxlari pastga qarab osilgan holda joylashgan.
Poyasi uch qavatdan: tashqi gialoderma, undan so'ng skleroderma
va markaziy qismi o'zakdan iborat. Sfagnumlarning poyasidagi barglari
novdalaridagidan farq qiladi.
Poyasidagi barglar siyrak, yirik novdadagi
barglari esa zich joylashgan. Barglari yupqa, tomirsiz, ikki xil:
uzunchoq, tirik, xlorofilli assimilatsion hujayralardan va rangsiz,
o'lik, spiralsimon yoki halqasimon qalinlashgan hujayralardan iborat.
Sfagnumlarning vegetativ organlari o'z og'irligiga nisbatan 30
barobardan ziyodroq suvni to'plash imkoniyatiga ega.
Sfagnumlarning vegetativ ko'payishi novdalarining ajralishi tufayli,
ba’zan esa poyasi yordamida amalga oshadi. Sfagnumlar bir yoki ikki
uyli o'simlik. Bir uyli vakillarida arxegoniy va anteridiylar tupning
turli shoxchalarida joylashgan.
Anteridiylar spiralsimon shaklga ega bo'lib, tepa shoxlarining
qoplagich barglari qo'ltig'ida bittadan joylashgan. Arxegoniylar esa
qisqargan tepa shoxlarning uchki qismida 1-5 tadan o'mashgan bo'ladi.
Urug'lanish jarayonidan keyin zigota hosil bo'lib, unda sporogon
taraqqiy etadi. Sporogonning uchki qismida qopqoqchasi bor, ostki
qismi soxta peristom tishli. Ko'sakchaning ichida sporangiy taqasimon
sharoitda plastinkasimon protonema, undan esa yangi sfagnum taraqqiy
etadi.
Shuning uchun u eng yaxshi yoqilg'i hisoblanadi.
Torfni quruq haydash yo'li bilan mum, parafin, fenol, karbon
kislota, saxarin va spirt (1 tonna torfdan 120 l) olinadi.
Torf qishloq xo'jaligida organik o'g'it sifatida, torf-ehirindili
tuvakchalar tayyorlashda, ekinlarni mulchalashda, sabzavot va
mevalarni o'rab qo'yib saqlashda ishlatiladi. Torfdan karton va qog'oz
tayyorlash mumkin. Torf shifobaxsh xususiyatga ham ega.
Yashil yo‘sinkabiIar kichik ajdodi (Briumkabilar) -Bryidae
Mazkur kichik ajdod 13 ta qabila, 85 ta oila, 700 dan ortiq turkum va 14 mingga yaqin turni o'z ichiga oladi.
Ular ko'p yillik yoki bir yillik o'simlik bo'lib, kattaligi 1 mm dan to
50 sm gacha, goho undan balandroq bo'lishi ham mumkin. Ko'pchiligi yashil rangli.
Bu ajdodcha vakillari yakka holda yoki to'p bo'lib chim hosil
qilib o'sadi. Ular tuproqda, daraxtlarning tanalari, shoxlarning
po'stloqlari orasida, tog' jinslarida rivojlanadi.
Poyasi monopodial yoki simpodial shoxlangan. Ularning to'qimalari
birmuncha shakllangan bo'lsa-da, haqiqiy floema, ksilema elementlari
taraqqiy etmagan.
5-rasm .Yòsin qoplami.

Barglari turli shakllarda va tomirli yoki tomirsiz. Sporogonlari


o'sim likning uchki yoki yon tomonida taraqqiy etadi, bandli.
Ko'sakchasi pristom tishli, qopqoqchali, ochiladigan yoki ayrimlarida
kleystokarp, ya’ni ochilrnaydigan. Sporalari yumaloq, bir yoki ko'p
hujayrali bo'lib, diametri 5 dan 200 mikrongacha. Sporasi qulay
sharoitda o'sadi va undan ipsimon protonema taraqqiy etadi. Ajdodcha
vakillari juda sershox, yaxshi taraqqiy etgan ipsimon protonemaga ega
bo'lishi bilan sfagnumkabilar va andreyakabilardan farq qiladi. Ajdodcha
vakillari Yer yuzida keng tarqalgan. Arktikadan to Antarktidagacha
bo'lgan joylarda xilma-xil turlari o'sadi.

Download 0.88 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page