BerdaQ nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Kirish. Yo’sintoifa(moxtoifa) o’simliklar bo’limi -Briophyta



Download 0.88 Mb.
Page2/10
Date13.12.2022
Size0.88 Mb.
#60118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Munojat[1]
Kirish.
Yo’sintoifa(moxtoifa) o’simliklar bo’limi -Briophyta
Bu bo'limga 5 mingga yaqin tur kiradi, ya’ni tur soni jihatidan
yuksak o'simliklar orasida gulli o'simliklardan keyin ikkinchi o'rinda
turadi. Ular sodda tuzilishga ega o't o'simliklar bo'lib, suvo'tlarga
ancha yaqin turadi. Sababi vegetativ tanasi tallom (qattana) shaklida,
ildizi yo'q, rizoidlari ildiz vazifasini bajaradi. Tipik o'tkazuvchi
to'qimalari ham shakllanmagan. Poyabargli moxlarning barg, poya va
novdalari bo'lsa-da, sodda tuzilishiga ko'ra ularni naychali yuksak
o'simliklarga kiritib bo‘lmaydi. 0 ‘tkazuvchi to'qimalari shakllanmagan.
Gametofitining o'sishi uchki qismidagi hujayralar yordamida boradi.
Barglari oddiy, o'troq, tomiri faqat barg markazida o'rnashgan,
ayrim vakillarida umuman barg tomirlari bo'lmaydi.
Yo'sinlarning tallom yoki poyabargli vegetativ tanasini gametofit deb
yuritilishining sababi shundaki, ularda arxegoniy anteridiylar shakllanib, dastlab jinsiy yo'l bilan ko'payadi va hosil bo'lgan zigotadan sporogon taraqqiy etadi. Shundan so'ng jinsiy ko'payishi sporofit bilan almashadi. Yuksak o'simliklarning boshqa bo'limlari vakillarida esa bu jarayonning aksini kuzatamiz.
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston florasi ko`plab foydali, dorivor, efir moyli va manzarali o`simlik turlariga boyligi bilan boshqa floralardan ajralib turadi. Aksariyat o`simlik turlari meditsinada, kulinariyada, ko`kalamzorlashtirish va shu boshqa sohalarda keng ishlatiladi. Biroq, O`zbekiston florasidagi foydali ahamiyatga ega o`simlik turlari, turkumlari va oilalari hali to`la to`kis o`rganilgan emas. Kishilarning kundalik hayotida yoki ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida mahalliy bioxilma-xillikdagi ko`plab o`simlik turlari hali o`z o`rnini topgani yo`q. Yana bir faktni aytish mumkinki, dunyo florasidagi 25000 dan ortiq o`simlik turlaridan faqatgina 100 ga yaqin o`simlik turlari odamlarning kundalik turmush tarzida u yoki bu darajada ishlatiladi, xalos.
O`zbekiston xududida 6000 ga yaqin o`simlik turlari tabiiy sharoitda yovvoyi holda uchraydi. Ulardan ko‘plab turlar rasmiy ravishda farmakologiya ro`yhatidan o`tgan turlar hisoblanadi. Olimlarning ma‘lumotlariga ko`ra, O`zbekiston florasidagi 2000 ga yaqin o`simlik turlari halq tabobatida turli darajada ishlatiladi, xalos. Qolgan o`simlik turlarining foydalilik xususiyatlari yoki ularni kundalik turmushda ishlatilishi borasidagi ma‘lumotlar yetarli darajada emas.Bunday holat mahalliy biologik xilma-xillik ob‘ektlarini yanada ko`proq o`rganish lozimligini belgilaydi. Flora tarkibini, ayniqsa mavjud oilalarning sistematik va floristik nuqtai nazardan o`rganish va uning keng ko`lamli tahlilini amalga oshirish bu botanika fanining dolzarb mavzulardan biri bo`lib qolmoqda. Ayniqsa, aholi o`ta zich joylashgan va kishilarning kundalik turmush tarzi atrof muhitga ta‘sir ko`rsatishi bilan qattiq bog`liq bo`lgan xududlarda bunday tadqiqotlarning nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyati yanada yuqori bo`lib bormoqda.Yo‘sintoifa qabilasini o`rganar ekanmiz, bu qabila sistematik jihatdan xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lamiz. Bu qabilaning O’zbekiston o’simliklar qoplamida o’ziga xos o’rni mavjud. Qabila vakillarining turlari yildan-yilga kamayib bormoqda. Kamayib borishiga asosiy sabab biotik, abiotik va antropogen omillar ta`siri natijasidadir.

Download 0.88 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page