Yechish: Holva, pecheniye va vaflining ishlab chiqarish hajmlarini mos ravishda х1, х2 vа х3 dеb belgilaymiz. Jadvaldagi ma’lumotlar asosida uchala mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan har bir xom ashyo miqdorini topamiz va uni ombordagi zaxirasi bilan tenglashtiramiz. Natijada quyidagi chiziqli tenglamalar sistemasiga ega bo‘lamiz:
Bu chiziqli tenglamalar sistemasini yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullardan biri yordamida yechib, х1=100, х2=350 vа х3=200 ekanligini topamiz. Demak, qandolat firmasida 200 birlik holva, 350 birlik pecheniye va 200 birlik vafli ishlab chiqarilsa xom ashyo to‘liq sarflanadi.
2-masala. Buxoro va Kogon paxta zavodlari Qorako‘l va G‘ijduvon to‘qimachilik korxonalariga momiq (paxta tolasi) yetkazib beradi. Buxoro va Kogon paxta zavodlari oy davomida mos ravishda 400 va 250 birlik momiq ishlab chiqaradi. Qorako‘l va G‘ijduvon to‘qimachilik korxonalari oy davomida mos ravishda 300 va 350 birlik momiq ishlatadi. Har bir paxta zavodidan har bir to‘qimachilik korxonasiga bir birlik momiqni yetkazishning transport xarajatlari pul birligida quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:
Paxta
zavodi
|
Bir birlik momiqni transportda tashish xarajatlari (pul birligida)
|
G‘ijduvon to‘qimachilik korxonasi
|
Qorako‘l to‘qimachilik
korxonasi
|
Buxoro
|
10
|
15
|
Kogon
|
8
|
20
|
Transport xarajatlari uchun 7500 pul birligi ajratilgan. Paxta zavodlaridan momiqni to‘qimachilik korxonalariga transportda tashishning oqilona rejasini toping.
Share with your friends: |