87-rasm.
88-rasm.
89-rasm.
Bunda MN to‘g‘ri chiziqning barcha nuqtalari W profil tekislikdan baravar uzoqlikda yotadi (89-a,rasm). MN to‘g‘ri chiziqning frontal M''N'' proyeksiyasi OZ o‘qiga, gorizontal M'N' proyeksiyasi esa OY o‘qiga parallel (89-b,rasm). Profil proyeksiyasi haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi.
Agar berilgan to‘g‘ri chiziq kesmasi proyeksiya tekisliklaridan biriga perpendikulyar bo‘lsa, proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziq deyiladi. Berilgan AV to‘g‘ri chiziq gorizontal tekislikka perpendikulyar bo‘lsa, gorizontal - proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziq deyiladi (90-a,rasm).
90-rasm.
Bunday to‘g‘ri chiziqning frontal AV proyeksiyasi OX o‘qiga perpendikulyar bo‘ladi, gorizontal AV proyeksiyasi esa nuqta bo‘lib proyeksiyalanadi (90-b,rasm).
Xuddi shu kabi frantal tekislikka perpendikulyar bo‘lsa, frontal proyeksiyalovchi (91-rasm), profilga perpendikulyar bo‘lsa, profil proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziqlar deyiladi (92-rasm).
91-rasm.
92-rasm.
3.4. Tekislikning ortogonal proyeksiyasi
Fazoda tekislikni cheksiz deb hisoblash mumkin, lekin uni epyurda tasvirlash uchun uning bir bo‘lagi (uchburchak, to‘rtburchak, aylana va h.k) yetarli hisoblanadi. Demak tekisliklar epyurda quyidagicha berilishi mumkin:
1. Bir to‘g‘ri chiziqda yotmagan uchta nuqta (A, V, S) orqali (93-a,rasm).
2. Bir to‘g‘ri chiziq va unda yotmagan nuqta orqali (93-b, rasm)
3. Ikki parallel to‘g‘ri chiziqlar orqali (93-v,rasm).
4. Kesishgan ikki to‘g‘ri chiziqlar orqali (93-g,rasm).
Bundan tashqari tekislik izlari bilan berilishi mumkin (94-a,rasm).
Tekislikning izi deb, fazoda berilgan (P) tekislikning proyeksiyasi (H, V, W) tekisliklari bilan kesishgan chizig‘iga aytiladi (94-b,rasm).
Bunda: PH – R tekislikning gorizontal izi; PV – P tekislikning frontal izi; PW – P tekislikning profil izi.
Share with your friends: |