Chizmachilik


To‘g‘ri doiraviy konusning ortogonal proyeksiyasi



Download 5.17 Mb.
Page34/76
Date27.01.2024
Size5.17 Mb.
#63356
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76
cxhizmachilik asoslari
Dars-ish-aks-qirqim, Kurs ishi mavzu “Yig\'ish chizmalarida aksonometrik proyeksiyala (1)
To‘g‘ri doiraviy konusning ortogonal proyeksiyasi. Konusning ortogonal chizmasini chizishda, xuddi silindr kabi asosining radiusi o‘lchami bo‘yicha gorizontal proyeksiyadan aylana chizishdan boshlanadi(123-a,rasm).
Konusning frontal va profil proyeksiyalari esa bir xil teng yonli uchburchakdan iborat bo‘ladi. Haqiqatdan ham aylanma sirt bo‘lganligi sababli qaysi yonidan qaralmasin bir xil uchburchak ko‘rinadi. Uning sirtida yotuvchi nuqtalarni ikki usulda topish mumkin. Birinchisi nuqta ustidan yasovchi o‘tkazish, ikkinchisi nuqta ustidan proyeksiyalovchi kesuvchi tekislik o‘tkazish yo‘li bilan topiladi.



123-rasm.

b)

v)

a)

Konusning aksonometrik proyeksiyasini yasash uchun izometrik o‘qlar chizib olinadi (123-b,rasm). O markaz bo‘yicha konus asosining radiusi bo‘yicha aylana chizilib, ellips yasaladi. Z o‘qi bo‘yicha frontal tekislikdagi O'', S'' masofa ya’ni balandlik o‘lchab qo‘yilsa, konus uchi S nuqta hosil bo‘ladi, undan ellipsga urinma chiziqlar o‘tkazilsa konus izometriyasi hosil bo‘ladi.
Konus sirtida yotuvchi A'' va V'' nuqtalarni ortogonal proyeksiyadagi OX,OY,OZ o‘qlar bo‘yicha o‘lchamlarini izometriyaga o‘lchab quyib, ularning izometriyasi topiladi.
Konusning yoyilmasini yasashda uning yasaovchilaridan birining haqiqiy o‘lchamini olish kerak bo‘ladi(123-v, rasm). Bu frontal tekislikka parallel bo‘lgan 1'' S'' va 2'' S'' yasovchilaridir. Ularning uzunligi frontal tekislikda L masofa bilan ko‘rsatilgan. L masofa bo‘yicha S markaz asosida yarim aylana chiziladi, unga aylana uzunligi 2R o‘lchab qo‘yiladi yoki konus asosini bir necha teng bo‘laklarga (12, 14 va h.k ) bo‘lib, shu masofalarni o‘lchab quyish ham mumkin.
Konus asosining radiusi R o‘lcham bo‘yicha yoyilma yoyiga urinma qilib aylana chiziladi, shunda konusning to‘liq yoyilmasi hosil bo‘ladi. Konus sirtida yotuvchi nuqtalarni ortogonal proyeksiyadagi haqiqiy o‘lchamlarini topib yoyilmaga qo‘yish bilan mumkin.
Shar – agar yasovchi aylanani o‘z o‘qi, ya’ni diametri atrofida aylantirilsa, sferik sirt hosil bo‘ladi, buni shar sirti yoki shunchaki shar deb yuritiladi. Aylana diametrini bir vaktning o‘zida aylantirish o‘qi deb hisoblash mumkin.
124-a,rasmda qo‘zg‘almas i o‘qi atrofida yasovchi yarim aylana va yo‘naltiruvchi bo‘yicha hosil bo‘lgan shar sirti tasvirlangan. Shar yasovchisida yotuvchi har qanday nuqta O markazdan baravar uzoqlikda yotadi. Sharda ekvator chizig‘i bilan meridian chizig‘i bir xil radiusda bo‘ladi. Agar sharga parallellar o‘tkazilsa ularning diametrlari turlicha bo‘ladi (124-b,rasm).

Download 5.17 Mb.

Share with your friends:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page