Chizmachilik


Detalning ikki proyeksiyasi bo‘yicha uchunchi proyeksiyasini va aksonometriyasini yasash



Download 5.17 Mb.
Page37/76
Date27.01.2024
Size5.17 Mb.
#63356
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76
cxhizmachilik asoslari
Dars-ish-aks-qirqim, Kurs ishi mavzu “Yig\'ish chizmalarida aksonometrik proyeksiyala (1)
130-rasm.

6.3. Detalning ikki proyeksiyasi bo‘yicha uchunchi
proyeksiyasini va aksonometriyasini yasash


Detalning proyeksiyalarini detalning haqiqiy o‘ziga qarab yoki yaqqol tasviriga qarab chizish ham mumkin yoki ikki proyeksiyasi bo‘yicha uchunchi proyeksiyasini topish bilan ham bajarish mumkin. Har qanday holatda ham bir xil usul to‘g‘ri burchakli proyeksiyalash usuli qo‘llaniladi.


Quyida 131-rasmda detalning gorizontal va frontal proyeksiyalari berilgan. Uning uchunchi proyeksiyasini yasash talab qilinadi. Bunda ham to‘g‘ri burchakli (ortogonal) proyeksiyalash metodiga ularning eng chetki chiziqlari o‘zaro qat’iy to‘g‘ri keladi.
Detalning berilgan ikki proyeksiyasi bo‘yicha uchinchi proyeksiyasi o‘lchamlarni o‘tkazish usulida bajarilgan. Masalan, balandlik frontal proyeksiyadagi a, b, v o‘lchamlar bo‘yicha, detalning eni esa, gorizontal proyeksiyadagi g, d, e o‘lchamlar bo‘yicha o‘tkazib qo‘yilgan. Bunda ham detal geometrik shakl jihatidan tahlil qilinsa pastki asos to‘g‘ri to‘rt burchakli prizmadan iborat, ustidagi element esa asosan trapesiyadan iborat prizma ekanligi ko‘rinib turibdi. Detalning har ikki yonidan balandligi b, eni e o‘lchamda o‘yib olingan, frontal proyeksiyadan uning detal ichiga kirganligi shtrix chiziq bilan ko‘rsatilgan (132-rasm). 132-rasmda detallning izometriyasini yasash ko‘rsatilgan.



131-rasm


132-rasm


Savollar:
1. To‘g‘ri burchakli proyeksiyalashda nurlar teksilkka qanday yo‘naladi?
2. Nuqtaning proyeksiyasi qanday bo‘ladi?
3. Detal proyeksiyalari o‘zaro qanday bog‘langan bo‘lishi kerak?
4. Kompleks chizma deb nimaga aytiladi?
5. Proyeksiyalar chizmada qanday joylashtiriladi?
6. Detal chizmasi uchta proyeksiyada qanday yasaladi?
7. Proyeksion bog‘lanish tushunchasi nimani bildiradi?
8. Chizmada qanday proyeksiyalar beriladi?
9. Uchinchi proyeksiya nima deb ataladi?



Download 5.17 Mb.

Share with your friends:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   76




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page