134-rasm.
v)
b)
a)
135-rasm.
136-rasm.
137-rasm.
138-rasm.
b)
a)
139-rasm.
Geometrik jismlarning rasmini chizishda asosan ularning bo‘yiga eni nisbati e’tiborga olinishi kerak. Buning uchun qay bir o‘lchami (bo‘yi yoki eni) kichikroq bo‘lsa, bir birlik deb, qolgan o‘lchamlar shu birlikdan nisbatan necha marta katta ekanligi aniqlanadi. Nisbat ko‘z bilan chamalab bajariladi, ya’ni qalamni qo‘lga olib, qo‘lni bor bo‘yicha cho‘zib jism (natura) ga qaratiladi va tik (vertikal) va yotiq (gorizontal) o‘lchamlar nisbati bir-biriga taqqoslanadi (139-b,rasm).
Geometrik jismlarning texnik rasmini chizish uchun quyidagi mashqlar bajariladi.
1-mashq. Kesik piramidaning rasmini chizish kerak bo‘lsa, buning uchun piramida katta asosini gorizontal tekislikka parallel deb hisoblab, asosini izometrik proyeksiyada chizib olamiz va uning asos markazini topib, balandlik chizig‘i chiqariladi, piramida balandligi (H) o‘lchab qo‘yiladi. Piramida umumiy balandligi (H) dan kesilggan piramida balandligi (h) ni ayirib tashlab, piramida katta asosiga parallel chiziqlar o‘tkazib kichik asos yasaladi. Burchaklar tutashtirilsa, piramida yon qirralari hosil bo‘ladi (140-rasm).
140-rasm.
2-mashq. Ma’lum o‘lchamdagi kesik konusning texnik rasmini chizish talab qilinsa, avval uning asosini izometrik proyeksiya tekisliklarida bajarib olish kerak, bu oldingi mashqlardan bizga ma’lum. Aylana, ya’ni konus asosining izometrik proyeksiyalari yasalgandan keyin markazdan (H) balandlik chiqariladi va kesik konus balandligi (h) o‘lchab qo‘yiladi. Shu markaz bo‘yicha kesik konusning kichkina asosi ham chiziladi. Katta asos bilan kichik asosga urinma chiziqlar o‘tkazilsa, kesik konusning tugallanmagan texnik rasmi izometrik proyeksiyasi hosil bo‘ladi (141-rasm). Geometrik jismlarning texnik rasmini bajarishda ularning yanada yaqqolroq, ya’ni haqiqiy jismga o‘xshashligi uchun faqat kontur chiziq konstruktiv yechim kamlik qiladi, buning uchun yorug‘-soya tomonlari ishlanishi kerak. Jismga bir tamondan yorug‘lik berilganda unda yorug‘ va soya tomonlari ajraladi, shuning hisobiga jism hajmga (formaga) ega ekanligi ko‘rinadi. Jismlarning yorug‘ soyasini ajratishda turli usullar ishlatiladi, jumladan:
141-rasm.
a) nuqtalar bilan yorug‘ soyani ajratish: nuqtalar qancha qalin bo‘lsa, soya quyuqligi, kam bo‘lsa, yorug‘roq ko‘rinadi. Ko‘pincha metal jismlarning soyalari nuqtalar bilan bajariladi (142-a,rasm);
b) to‘r shtrix-shrafirovka bilan jismning yorug‘-soyasini bajarish: bunda shtrix turlarning siyrak, quyuqligi bilan yorug‘ yoki soya kuchliligi ko‘rsatiladi (142-b,rasm);
v) parallel chiziqlar bilan ham shtrixlab jismlarda yorug‘-soyani ko‘rsatish mumkin. Bunda shtrixlash jismning tuzilishiga qarab bajariladi(142-v,rasm);
Jismlarga yorug‘lik tushganda yarmidan ko‘prog‘i yorug‘, kamrog‘i esa soya bo‘ladi. Bu soya o‘z soyasi deb ataladi. Yoritilgan joyidagi eng yorug‘ joy blik (yaltiroq shu’la), o‘z soyasi qismidagi yorug‘roq bo‘lib turgan joy refleks (yonidagi jismlardan qaytib tushayotgan aks yorug‘) deyiladi (143-rasm).
Share with your friends: |