1-mashq. Yassi formalarning rasmini chizish uchun oldin ma’lum oraliqda paralel chiziqlar chizish va shu bilan qo‘lni o‘rgatib borish kerak. Masalan, AV to‘g‘ri chiziqqa paralel chiziqlar chizish kerak bo‘lsin (134-rasm).
2-mashq. Berilgan R radius bo‘yicha aylana chizish uchun.
a) o‘zaro to‘g‘ri burchakli gorizantal va vertikal chiziqlar kesishi natijasida aylana markazi hosil qilinadi.
b) shu markazdan chapga, o‘nga, yuqoriga va pastga chizish kerak bo‘lgan aylana radiuslari o‘lchab qo‘yiladi va kvadrat chiziladi.
v) kvadrat diagnalllari o‘tkazib, bu diognallarga ham radius o‘lchab qo‘yiladi va qo‘lda egri chiziq qilib qo‘yilgan nuqtalarni tutashtirib chiqiladi (135-rasm).
3-mashq. Teng tomonli uchburchakning frontal (izometrik) proyeksiyasini bajarishda o‘q chiziqlar chizib olinadi va uchburchakning AS tomoni izometrik proyeksiyadagi X o‘qiga paralel chiziladi. V nuqta esa Z o‘qga paralel bo‘lgan uchburchak balandligiga h o‘lchab qo‘yiladi. Qolgan proyeksiya tekisliklarida ham ishlar takrorlanadi (136-rasm).
4-mashq. Tomonlari a masofaga teng bo‘lgan AVSD kvadratning izometrik proyeksiyalarni yasash kerak bo‘lsin. Buning uchun kvadrat tomonlarini izometrik o‘qlarga paralel qilib chizish va a o‘lchamini qo‘yish kifoya (137-rasm).
5-mashq. R radiusli aylananing izometrik proyeksiyasini bajarish uchun aylanaga tashqi va ichki kvadrat chizib olinadi. Shu kvadratlarning izometrik proyeksiyalarini yasab, uning dioganallari o‘tkaziladi. Ichki va tashqi kvadratlarni chizish natijasida xosil bo‘lgan 8 ta nuqtani qo‘lda egri chiziq qilib tutashtirib chiqilsa, aylananing izometrik proyeksiyalari, ya’ni ellipslar hosil bo‘ladi (138-rasm).
Geometrik jismlarning texnik rasmini chizish uchun avvalom bor uni ko‘zdan kechirib, qog‘ozga to‘g‘ri joylashtirish (komponovka) ni mo‘ljallash kerak. Buning uchun qog‘ozning diagonallarini o‘tkazib, qog‘oz markazi topiladi va detal rasmi qog‘ozning o‘rtasiga joylashtiriladi. Detal rasmi juda katta yoki kichik ham bo‘lmasligi lozim. Chizish uchun qo‘yilgan detal yoki jismlar majmuasi (natura) umumiy balandligi va bo‘yi o‘lchamlariga qarab qog‘oz bo‘yiga yoki eniga qilib chiziladi (139-a, rasm).