Sharning ortogonal proyeksiyasini yasash. Sharning ortogonal proyeksiyasini yasash uchun koordinata o‘qlari chizilgandan keyin shar markaz o‘qlari chiziladi va O', O'', O''' nuqtalar bo‘yicha berilgan radiusda aylanalar chiziladi. Uchala proyeksiyasi ham bir xil chiqadi. Shar sirtida yotuvchi A, V, S nuqtalarni ortogonal proyeksiyasida yasash uchun frontal yoki profil proyeksiyalarida nuqtalar ustidan gorizontallar o‘tkaziladi, hosil bo‘lgan radiuslar bo‘yicha sharning gorizontal proyeksiyasida aylanalar chiziladi va shu aylanalarga nuqtalar proyeksiyalanadi. Natijada nuqtalarning gorizontal proyeksiyasi hosil bo‘ladi (124-v, rasm).
Yasovchi
O’q
124-rasm.
Sharning aksonometriyasini yasash, uning aksonometrik o‘qlarini chizishdan boshlanadi. Izometrik o‘qlar kesishgan O1 markaz bo‘yicha ortogonal proyeksiyada berilgan radius bo‘yicha uchta (frontal, gorizontal, profil) ellips chiziladi va ularga urinma qilib aylana chizilsa sharning izometrik proyeksiyasi hosil bo‘ladi (124-g,rasm). Undagi nuqtalar ham koordinata o‘qlari bo‘yicha topiladi.
Sharning yoyilmasini yasash. Sharning yoyilmasi, konus, silindr sirtlari kabi, yoyib bo‘lmaydi, chunki shar sirti yoyilmas sirtlar turkumiga kiradi. Uni faqat taxminiy yoyish mumkin bo‘ladi. Shar sirtini taxminiy yoyish uchun, ortogonal proyeksiyasini, masalan gorizontal proyeksiyasini teng 12 bo‘lakka bo‘linadi. Unda shar meridianlari hosil bo‘ladi (125-a,rasm), frontal proyeksiyasida esa Z o‘qi bo‘yicha teng masofalarda parallel o‘tkaziladi. Meridian va parallellar kesishib, 1, 2, 3 va x.k nuqtalar ya’ni to‘r hosil bo‘ladi. Bu nuqtalarning frontal (1'', 2'', 3'', 4'' va x.k) proyeksiyalari aniqlanadi. 125-b,rasmda shar to‘rlari va o‘n ikkidan bir qismi yoyilmasi aksonometrik proyeksiyada ya’ni yaqqol tasvirda ko‘rsatilgan. Bu qismning eng enli qismi 1/12 ga teng bo‘ladi. Demak ana shunday yoyilmadan bir o‘q bo‘yicha un ikkitasi bajariladi. Shunda sharning taxminiy to‘liq yoyilmasi hosil bo‘ladi(125-v,g,rasm). Bunda 10, 20 masofa, taxminan 10, 30 masofaga teng, ya’ni 2R/12.Bu frontal proyeksiyadagi 1', 2' masofa demakdir. Yoyilmadagi 30, 40 masofa esa gorizontal proyeksiyadagi 3' 4' masofadan olinayapti, xuddi shunday 50 60 masofa 5' 6' masofa demakdir.
Share with your friends: |