Ishlab chiqarish korxonalarida tayyorlangan har qanday detal yoki detallar to‘plami umumiy nom bilan buyum deb ataladi.
Buyumlar quyidagi xillarga bo‘linadi: detallar, yig‘ish birliklari, komplekslar va komplektlar.
Detal – bir xil nomdagi va bir xil markali materialdan yasalgan narsa.
Yig‘ish birligi – tayyorlovchi korxonalarda tarkibiy qismlari o‘zaro yig‘ish jarayonlarida biriktirilgan buyumlar.
Kompleks – tayyorlovchi korxonada yig‘ish jarayonlarida birlashtirilmagan, ammo bir-biriga bog‘liq (ekspluatatsion) ishlatiladigan vazifalarni bajarishi ko‘zda to‘tilgan ikki va undan ortiq buyumlar.
Komplekt – umumiy yordamchi ekspluatatsion harakterdagi vazifalarga ega bo‘lgan ikki va undan ortiq buyumlar to‘plami, masalan, ehtiyot qismlar komplekti. Buyumlarning tartibi va tuzilishi konstruktorlik hujjatlari bilan aniqlanadi. Bu hujjatlar buyumni tiklash, tayyorlash, kontrol qilish, qo‘llash, ishlatish va ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Konstruktorlik hujjatlari (YESKD) va ST SEV tomonidan belgilangan qoidalarga asosan taxt qilinadi.
Konstruktorlik hujjatlari mazmuniga qarab quyidagi asosiy turlarga bo‘linadi: