10-jadval. Deraza va eshiklarning shartli grafikaviy belgilari
Nomi
|
Rejada
|
Qirqimda
|
Zakrozsiz deraza
|
|
|
Zakrovli deraza
|
|
|
Eshik o‘rni
|
|
Zakrovsiz bir tavaqali eshik
|
|
Zakrovsiz ikki tavaqali eshik
|
|
Zakrovli bir tavaqali eshik
|
|
Zakrovli ikki tavaqali eshik
|
|
Yig‘ma eshik
|
|
Ikki tavaqali tebranuvchi eshik
|
|
Suriladigan eshik
|
|
Eshik va deraza tavaqalarining ochilishini ko‘rsatish zarur bo‘lsa, u holda devor tekisligiga 300 – 500 qiya qilib eshik yoki deraza tavaqasi chiziladi. 1:20 va undan kichik masshtabda chizilgan chizmalarda zakrovlar1 va deraza tavaqalari ko‘rsatilmaydi.
11-jadvalda isitish o‘chog‘i, gaz plitalarning shartli grafikaviy belgilari keltirilgan. O‘choqlar eshikchasi chiziq bilan ko‘rsatiladi. Gaz plitalar tasvirda konforkalar soni va joylashishi aylanachalar bilan tasvirlangan.
11-jadval. Isitish o‘choqlari maishiy plitalarning shartli grafikaviy belgilari
Nomi
|
Rejada
|
Yonidan ko‘rinishi
|
Plita (umumiy belgisi)
|
|
|
Statsionar gaz plitasi
|
|
|
12-jadvalda keltirilgan sanitariya texnikasi jihozlarining shartli grafikaviy belgilari, chizma masshtabini nazarda tutgan holda haqiqiy o‘lchamiga mos kelishi kerak. Sanitariya-texnika qurilmalari, sxemalarida va chizmalarida masshtabsiz qo‘yiladi. Devordagi teshik va tarmoqlarning shartli belgilari 1:200 va undan yirik masshtabda chizilgan chizmalarga qo‘yiladi (13-jadval). Tarmoq, belgisi yoniga tarmoq boshlanadigan qavat sonini ifodalovchi raqam yoziladi. Tarmoq konturi va unga ulangan tarmoqlar konturi ingichka chiziqlar bilan chiziladi. Umumiy tarmoqqa ulanadigan tarmoqlar qaysi qavatda bo‘lsa, ular o‘sha qavat rejasidagina ko‘rsatiladi.
Pandus nishab yo‘laklar va zinalarning shartli belgilarida ko‘tarilish yo‘nalishi ko‘rsatkich bilan tasvirlanadi. Ko‘rsatkich chizig‘i boshidagi nuqta va ko‘rsatkich uchi reja qaysi qavatga ta’luqli bo‘lsa, o‘sha qavatning maydonchasi chekkasiga qo‘yiladi. Ayrim xollarda pandus ko‘tarilishini anglatuvchi ko‘rsatkich yonida qiyalik kattaligi yoziladi (14-jadval).
Share with your friends: |