Orayopma (3) – binoning balandligi bo‘yicha qavatlarga bo‘luvchi gorizontal ajratish konstruksiyasi.
Tom (9) – bino xonalarini tashqi muhitdan yog‘ingarchilikdan saqlaydigan tashqi ajratish konstruksiyasi.
Tom yog‘ochi (8) – tomning yuk ko‘taradigan va devorga tayanadigan konstruksiyasi.
Mauerlat (14) – yog‘och to‘sin bo‘lib,tom yog‘ochlari tayanadi.
Zina marshi (16) – zinaning pog‘onali og‘ma elementi.
Zina maydonchasi (18) – zinaning marshlar orasidagi gorizontal elementi
Kosourlar (17) – maydonchaga tayanib, zina pog‘onalarini ko‘tarib turuvchi konstruksiyasi.
Loyihalash bosqichlari. Qurilish jarayoni asosan, tasdiqlangan loyiha va smeta bo‘yicha quriladi. Loyiha tarkibiga: umumiy qurilish va maxsus ishlarni bajarish uchun va jihozlarni montaj qilish uchun zarur bo‘ladigan chizmalar, tushuntirish xati va qurilishning ayrim ish turlarini moliya baholarni aniqlaydigan hisob-kitob hujjatlari kiradi.
Loyiha va hisob-kitob hujjatlar maxsus loyihalash instituti va tashkilotlarida buyurtmachilar tamonidan berilgan topshiriqlar asosida bajariladi.
Qurilish chizmalarining nomlari va ularga marka quyish. Binolarni qurish bo‘yicha ishlar, umumqurilish ishlariga binoning o‘zini qurish bo‘yicha hamma ishlar kiradi, maxsus ishlarga esa, suv bilan ta’minlash, elektrlashtirish, telefonlashtirish, obodonlashtirish bo‘yicha ishlar kiradi. Ish chizmalarining ayrim komplektlari uchun quyidagi markalar belgilangan.
Bosh reja (Genplan) GP
Me’morchilik yechimlari AR
Interyer AI
Temir beton konstruksiyasi KJ
Metall konstruksiyasi KM
Yog‘och konstruksiyasi KD
Ichki suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya VK
Isitish va ventilyatsiya OVD
Gaz bilan ta’minlash GS
Elektrlashtirish EO
Texnologik qism TX