Eritmalarning bug’ bosimi. Tabiiy bug’lanish jarayoni natijasida suyuqlik ustida bug’ hosil bo’ladi. Uning bosimini monometr yordamida o’lchash mumkin. Endotermik bug’lanish jarayoni qaytardir, ya’ni bug’lanish bilan bir vaqtda ekzotermik jarayon kondensatlanish ham sodir bo’ladi. Muayyan sharoitda bu ikki qarama-qarshi jarayonlarning tezliklari tenglashib muvozanatga keladi.ya’ni vaqt birligida suyuqlik sirtidan qancha molekula gaz fazaga o’tsa, xuddi shuncha molekula suyuq fazaga o’tadi. “Suyuqlik-bug’” sistemasining ayni temperaturadagi muvozanat holati to’yingan bug’ bosimi bilan xarakterlanadi.
Muvozanatdagi “suyuqlik-bug’” sistemasida biron bir uchmaydigan elektrolitmas modda (masalan, glitserin) eritildi deb tasavvur qilaylik. Uning bug’ fazoga o’tishi mumkin bo’lmagani uchun, eritma ustidagi to’yingan bug’ bosim faqat uchuvchan komponent ya’ni, erituvchining porsial bosimi bilan aniqlanadi.
Eritma hosil bo’lish jarayonida erituvchi molekulalarining suyuqlikdagi konsentratsiyasi kamayadi. Uning molyar qismi N2 birdan kichik bo’ladi. Bu hol “suyuqlik-bug’” sistemasining muvozanati buzilishiga sabab bo’ladi.
Le-Shatele qoidasiga muvofiq bunda tashqi ta’sirni kuchsizlantirishga intiluvchi, ya’ni bug’ning kondensatlanish tezligini oshiruvchi jarayon boshlanadi, yangi muvozanat past to’yingan bug’ bosimda qaror topadi. Natijada eritma ustidagi to’yingan bug’ bosim toza erituvchi ustidagi to’yingan bug’ bosimdan kichik bo’ladi.
Binobarin, bir xil sharoitda eritma ustidagi to’yingan bug’ bosim har vaqt toza erituvchi ustidagi to’yingan bug’ bosimdan kam bo’ladi. Erigan modda konsentratsiyasi qancha katta bo’lsa eritma ustidagi bug’ bosimning pasayishi shuncha ko’p bo’ladi.
Fransuz olimi Raul eritma bug’ bosimining konsentratsiyasiga bog’liqligini tekshirib, quyidagi qonunni kashf etdi: eritma ustidagi erituvchi bug’ bosimining nisbiy pasayishi erigan moddaning eritmadagi molyar qismiga teng bo’ladi.
Bu yerda: P0- erituvchining to’yingan bug’ bosimi, P- eritmaning bug’ bosimi, P0-P= p bug’ bosimining pasayishi;
Misol. Toza suvning 250C dagi bug’ bosimi 3167 kPa ni tashkil qiladi. 720 g suvda 45 g glukoza (C6H12O6) erishidan hosil bo’lgan eritmaning 25 0 C dagi bug’ bosimi toping.
Share with your friends: |