Yechish. Masalani yechish uchun Raul formulasidan foydalanamiz:
Eritmalarning qaynash va muzlash temperaturasi. Har qanday suyuyqlik uning to’yingan bug’ bosimining tashqi bosimga teng bo’lgan temperaturada qaynaydi. Masalan, suv normal bosimda (1 atm= 760 mm sim. ust. yoki 101325 n/m3) 100 0C da qaynaydi. U 00C da muzlaydi, chunki ayni temperaturada uning to’yingan bug’ bosimi muz bug’ining bosimiga, ya’ni 4,6 mm sim ust ga teng bo’ladi.
Raul qonuniga muvofiq o’zgarmas haroratda erituvchining eritma ustidagi bug’ bosimi uning eritma ustidagi to’yingan bug’ bosimidan doimo kichik bo’lgani uchun eritmalar toza erituvchilarga qaraganda yuqori temperaturada qaynaydi va past temperaturada muzlaydi.
Eritmaning qaynash harorati bilan toza erituvchi qaynash harorati orasidagi farq eritma qaynash temperaturasining ko’tarilishi deyiladi va ∆tq deb belgilanadi. Eritma muzlash (kristallanish) harorati bilan toza erituvchining muzlash harorati orasidagi farq eritma muzlash temperaturasining pasayishi deyiladi va ∆tm bilan belgilanadi.
Raul suyultirilgan eritmalar qaynash temperaturasining ko’tarilishi va muzlash temperaturasining pasayishi eritma konsentratsiyasiga proporsional ekanligini aniqlanadi:
Bu yerda Cm -eritmaning molyal knsentratsiyasi, m-1000 g erituvchida erigan moddaning massasi, M- erigan moddaning molekulyar massasi, E va K proporsionallik koeffisiyentlar, odatda ebuliskopik va krioskopik konstantlar deyiladi. Bu konstantlarning fizik ma’nosi sundan iboratki, 1000 g erituvchida 1 mol modda eriganda eritma qaynash temperaturasining ko’tarilishini va muzlash temperaturasining pasayishini ko’rsatadi. Agar Cm =1 bo’lsa, yuqoridagi tenglamalar quyidagi ko’rinishni oladi.
Ebuliskopik va krioskopik konstantlar faqat erituvchining tabiatiga bog’liq bo’lib, erigan modda tabiatiga bog’liq emas.
1-masala. Etil spirtning suvdagi 40% li eritmasi qanday haroratda muzlaydi. Suvning krioskopik konstanti 1,86 ga teng.
Share with your friends: |