Fan Tarixdan hikoyalar I. Mavzu



Download 4.89 Mb.
Page37/156
Date11.01.2023
Size4.89 Mb.
#60342
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156
5 синф тарих
DARSNING BOSQICHLARI

T.r.

Bosqichlar

Mazmuni

Uslublar

Vaqti

I.

Tashkiliy
Ishlar

Salomlashuv.
Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash

og‘zaki
muloqot

3
Daqiqa




II.

Dars
mazmunini tushuntirish

Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi
mavzuni tushuntirish.

tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.

25 daqiqa




III.

O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash

Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.

Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi

12
Daqiqa

IV.

Dars
yakunlarini chiqarish

Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.

O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.

5
Daqiqa

O‘quv mashg‘ulotining borishi


I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni
Qadimgi Misr va Bobil davlatlari. Davlat - ma’lum bir hududda uyushgan odamlarni (kishilik jamiyatini) qonun kuehi bilan boshqaradigan tashkilotdir. Qonun esa davlat tomonidan belgilab qo‘yiladigan va hammaning bo'ysunishi shart bo‘lgan tartib-qoidalardir. Davlat dastlab miloddan avvalgi 4-ming yillik boshlarida Afrikaqit’asidagi Misr hududida tashkil topgan. Ular kichik-kichik shahar-davlatlar bo‘lib «nomlar», davlat boshliqlari esa «nomarxlar» deb atalgan. Keyinchalik bu davlatlar o'rnida ikkita katta davlat tashkil etilgan.
Davrlaro‘tishi bilan bu ikki davlat yagona davlatga birlashtirilgan. Memfis shahri davlat poytaxti etib belgilangan. Davlatning hukmdori (boshlig'i) fir’avndeb atalgan.
Davlatning ichki hayoti o‘zarourush- larsiz kechmagan. Uzoq davom etgan bu urushlar Mismi zaiflashtirgan.
Oqibatda, Mismi dastlab Eron davlati, keyinchalik makedoniyalik Aleksandr, undan keyin esa Rim davlati bosib olgan.
Osiyo qit’asining Misrdan uncha uzoq bo'lmagan qismida Frot va Dajla daryolari mavjud Shu ikki daryo oralig’idagi davlatlar qadimdaMesopotamiya deb atalgan. Mesopotamiya yerlari nihoyatda unumdor bo‘lgan. Odamlar bu joylarni o‘z manzilgohlariga aylantirganlar.
Mesopotamiyada miloddan avvalgi 2-ming yillikda Bobil davlati tashkil topgan. Podsho Xammurapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatgaaylangan. U Mesopotamiyaning barcha qismini Bobilga bo‘ysundirgan.
Qadimgi Xitoy va Hindistonda davlatning vujudga kelishi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda XItoyning Xuanxe daryosi etaklarida dastlabki davlatlar vu­judga kelgan. Vaqtlar о ‘tishi bilan ulaming soni tobora ko‘payib borgan. Ular o‘r- tasida to‘xtovsiz qirg‘in-baroturushlar davom etgan.
Ularning ichida Xitoyni yagona dav- latga birlashtirishga intilganlari ham boigan. Shulardan biri Sin davlati edi. Bu davlat hukmdori Sin Shi Xyandi mi­loddan avvalgi III asrda Xitoyni yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo‘lgan.
Xitoyda astronomiya, dehqonchilik, tibbiyot, geografiya ilmlari rivojlangan. Hamma sevib ichadigan ehoyni xitoyliklar yetishtirganlar. Kompasni ham birinchi Qadimgi Hindiston bo’lib xitoyliklar ixtiro qilganlar. Xitoy olimlari o‘z mamlakati tarixini yaratishga astoydil uringanlar. Bu ishni amalga oshirish tarixchi olim Sima Syanga nasib etgan (miloddan avvalgi II asr oxiri - I asr boshlari). U o'zining «Tarixiy yodnomalar» kitobi bilan tarixda o'chmas iz qoldirgan.
Hindistonda esa dastlabki davlat miloddan avvalgi 1-ming yillikda tashkil topgan. Miloddan avvalgi III asrdapodsho Ashoka Hindistonni yagona davlatga birlashtirishga erishgan.
Hindlar ilm-fan sohasida ham katta yutuqlarga erishganlar.Xususan, ular «0»(nol) bilan boshlanadigan o'ntaraqamni kashf etganlar. Natijada o'nta raqam orqali istagan sonni ifodalash mumkin bolgan. Bu kashfiyotdunyo xalqlariga hamon ulkan miqyosda xizmat qilib kelmoqda.
.

.


V.Baholash: Darsda faol o`quvchilar baholanadi?
IV Yangi mavzuni Mustahkamlash.


Davlat nima ekanligini izohlab bering.

  1. Mulohaza yuriting: Nima uchun odamlar uyushmasi (kishilik jamiyati)ni qonunsiz boshqarib bo'lmaydi?

  2. Davlatning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan omillarni qayd eting.

  3. Qadimgi Misr va Bobil davlatlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  4. Qadimgi Xitoy va Hindistonni yagona davlatga birlashtirgan tarixiy shaxslarni qayd eting.

  5. Qadimgi Xitoy va Hindistonning madaniyatda erishgan yutuqlarini taqqoslang.

5 Uyga Vazifa


Keyingi mavzu bilan tanishib kelish



Download 4.89 Mb.

Share with your friends:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   156




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page