O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


Obyektlarning GEOSI barpo etish uchun yaroqliligini baholash



Download 1.42 Mb.
Page40/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
11.4. Obyektlarning GEOSI barpo etish uchun yaroqliligini baholash
GEOSI obyektlari sifatida tarkibida avval uglevodorodlar bo‘lmagan suvli qatlamlar, shuningdek neft, gaz va gaz kondensati konlarining ishlatib bo‘lingan uyumlaridan foydalaniladi.
Ko‘rsatilgan obyektlar ustida gaz o‘tkazmaydigan qatlamlar va qattiq jinslardan tashkil topgan qopqoq-qatlamlar bo‘lishi kerak. Obyektlar GEOSI ni yaratashning texnologik jarayonlari va ulardan siklik foydalanishni ta’minlaydigan maqbul texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega hamda gazni haydash va yig‘ish (olish) bosimining kon-geologiya sharoitlari bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan sig‘im va filtratsiya xususiyatlariga ega bo‘lishi lozim.
Korxonalar, binolar, inshootlar, shaharlar va boshqa aholi yashash joylari, kurortlar, o‘rmonlar, ko‘riqxonalar, suv ta’minoti manbalari, daryolar, suv havzalari, tarixiy, madaniy va san’at obidalari, qimmatli kishloq xo‘jalik ekinlari, chegara mintaqalari, aerodromlar, maxsus poligonlar, ajratuvchi mintaqalar, biriktirilgan hududlar, qabristonlar va boshqa obyektlar joylashgan hududlar ostida GEOSI qurish manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar hamda mahalliy hukumat organlari bilan kelishilgandan keyin amalga oshiriladi.
Barpo etiladigan GEOSI uchun mo‘ljallangan maydon bo‘ylab o‘rtacha g‘ovakligi terrigen kollektorlarda kamida 10-15% va darzli-g‘ovak kollektorlarda kamida 5% bo‘lgan suvli qatlamlar yoki ishlatib bo‘lingan uyumlardan tashkil topgan obyektlar yaroqli hisoblanadi. O‘rtacha o‘tkazuvchanlik joylashish chuqurligi 1000 metrgacha bo‘lgan suvli qatlamlar uchun kamida 0,15 d va konni ishlab bo‘lingandagi bosimi gazni haydashga imkon beradigan chuqurliklardagi ishlatib bo‘lingan uyumlarni hosil kiluvchi jinslar uchun kamida 0,1 d bo‘lishi kerak.
Obyektlarning sig‘im va kollektorlik xususiyatlari bo‘yicha yaroqliligini ishonchli baholash uchun burg‘ilash to‘rining zichligi qatlamlarning mustahkamligi va birlamchi quduqlarni burg‘ilash natijalari bo‘yicha olingan geologik-fizik ko‘rsatkichlarning taqsimlanish tavsifini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
Kollektor-qatlam va qopqoqlar oraliqlaridan olingan kernlar tanlangan obyektlarning yaroqliligini baholash imkoniyatini ta’minlashi kerak. Bu holda kernni chiqishi 75% dan kam bo‘lmasligi kerak. Qidiruv quduqlari bilan kuchsiz sementlangan kollektorlar ochilganda kernni olib chiqilishi 50% dan ortiq ta’minlanishi kerak. Agar ishlangan konlar (uyumlar) haqidagi ma’lumotlar obyektlarning yaroqligini baholash uchun yetarli bo‘lsa, ishlatib bo‘lingan uyumlardan foydalanilganda quduq to‘rlarining zichligi va kern orqali ma’lumot olinganlik darajasi belgilanmasligi mumkin.
Tanlangan obyekt ustidagi qopqoq-qatlamning butun tarqalish maydoni bo‘ylab yetarli bo‘lishi va qalinligi 600 m gacha chuqurlikda 2-3 m ni va 600 m dan ortiq chuqurlikda 4-5 m ni tashkil etishi kerak. Har bir obyekt bo‘yicha miqdorlar maksimal gaz haydash bosimida bo‘ylama darzlar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydigan sharoit bo‘yicha hisoblash yo‘li bilan tekshiriladi.
Qopqoqning gaz o‘tkazuvchanligi laboratoriya tadqiqotlarining ma’lumotlari bo‘yicha 10 md dan oshmasligi, gaz haydash ma’lumotlari bo‘yicha esa tanlangan obyekt va nazorat gorizontlarining tarqoqlik darajasi bosimning gidrostatik bosimdan belgilangan ortish miqdorini qopqoq orkali ta’minlashi kerak.
Suvli struktura konturiga mos keluvchi maydon kesimidagi saqlash inshootlarining uzoq faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun kollektor-qatlam ustidagi asosiy qopqoqdan teparoqda ko‘shimcha germetik xususiyatga ega bo‘lgan qo‘shimcha qatlamchalar ajratilgan bo‘lishi kerak (birikma orti oqimlar hosil bo‘lishi tufayli va boshqa sabablarga ko‘ra ikkilamchi gaz to‘planishi holatlari uchun).
Agar gaz saqlash inshootlarini qurish va undan uzoq muddat siklik foydalanish davrida berkitib turuvchi jinslar va quduqlarning birikma orti muhitlari holati va germetikligi nazorat kilinadigan asosiy va zahira qopqoklar ustida suvli gorizontlar bo‘lmasa, suvli qatlamlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ishlatish jarayonida flyuid oqimlari kuzatilmagan konlarning ishlatib bo‘lingan uyumlari uchun, agar saqlash inshootini ishlatish davrida gaz haydash bosimi boshlang‘ich bosimdan oshmasa, ustida qopqoq bo‘lgan suvli gorizontlarsiz saqlash inshooti sifatida ishlatishga ruxsat etiladi.
Barpo etiladigan saqlash inshootining hisoblangan konturi chegarasida asosiy va zahira qopqoqlarning germetikligini pasaytiruvchi tektonik buzilishlar bo‘lmasligi kerak. Aniqlangan buzilishlar, shuningdek quduqlarning birikma orti muhiti germetikligi saqlash inshootidagi ishchi bosimni texnologik sxemada berilgan gidrostatik bosimdan oshirish yo‘li bilan sanoat tajriba gaz haydash davrida tekshirilgan bo‘lishi kerak.
Obyektlarni tashkil etuvchi jinslar saqlash inshootini barpo etish va uni siklik ishlatishda yuzaga keladigan bosim va harorat o‘zgarishlaridagi buzilishlarga barqaror bo‘lishi kerak. Beqaror jinslar uchun tegishli tadqiqotlar o‘tkazilishi, maxsus jihozlar va tegishli filtrlar tayyorlangan va quduqlar tubida o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Qatlamlanish va perpendikulyar qatlamlanish bo‘yicha o‘tkazuvchanlikning taqsimlanishiga ko‘ra obyektlar qatlam qalinligi 5-6 m bo‘lganda nisbatan bir jinsli, kalinlik 6 m dan ortiq bo‘lganda esa chegaraviy anizotroplik qatlamning samarali qalinligiga proporsional ravishda, lekin ko‘pi bilan 4 m gacha ortishi mumkin. Anizotropligi yuqori bo‘lganda obyekt qatlamchalarga, zonalarga, bo‘limlarga bo‘lingan bo‘lishi hamda ular uchun konkret va mukammal o‘zlashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.

Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page