Zaiflashgan gaz konlarida yer osti gaz omborini qurishni loyihalashda qanday parametrlardan foydalaniladi?
Gaz rejimi sharoitida gazni qatlamga haydashdan maqsad nima?
Quduqni topshirishdan oldin qidiruv tashkilotiga quyiladigan talablar ayting?
YER OSTI GAZ OMBORIDAN GAZNI OLISH VA UNING TEXNIK – IQTISODIY KO’RSATKICHLARI Reja 12.1. Yer osti gaz omborini ishlatish vaqtida gazni olish 12.2. Gazni saqlash jarayonida haydovchi - ishchi quduqlarni tadqiqot qilish 12.3. Yer osti gaz omborining texnik-iqtisodiy ko'rsatgichlari Adabiyotlar (1,4,7,8,12)
12.1. Yer osti gaz omborini ishlatish vaqtida gazni olish Yer osti gaz omborini ishlatish vaqtida gazni olish, gaz iste’moli grafigi asosida aniqlanadi. Yer osti gaz ombori joylashish sharoiti va xavfsizlik talablariga ko'ra gaz iste’moli hududidan bir qancha uzoqlikda joylashgan bo'ladi. Ombordan olinayotgan gaz iste’molchilarga o'z bosimi yoki kompressorlar yordamida uzatilishi mumkin. Birinchi holatda quduq ustidagi bosimning miqdori - kompressordan chiqishdagi bosim va quduq-kompressor oralig'idagi bosim yo’qotilishi yig'ndisiga teng bo'lishi kerak
Ikkinchi holatda esa, kompressorning qabul qilish kollektoridagi so'rish bosimi va quduq-kompressor oralig'idagi bosim yo’qotilishi yig'ndisiga teng bo'lishi kerak
bu yerda: z - quvurning gidravlik qiyaligi (MPa/m); I - quduq-kompressor oralig'idagi masofa (m); psur, pks- KS ning so'rish kollektori va chiqishidagi bosim (MPa). Gazni olishda zarur bo'lgan quduqlar sonini aniqlash quyidagi omillara bog'liq bo'ladi:
quduqlarning gaz saqlovchi maydondagi joylashishiga.
Zarur bo'lgan quduqlar va kompressorlar sonini, omborni ishlatishning ikkita nisbatan mutakkab bo'lgan vaqti uchun hisoblanadi:
Gaz olinishining eng yuqori chuqqisi (dekabr yoki yanvar);
Gaz olinishining oxiri (mart-aprel).
Birinchi holatda gaz olinishining maksimal miqdori yuqori bosimda amalga oshirilsa, ikkinchi holatda ombordan olinayotgan gaz sarfi kam va ombordagi bosim minimal bo'ladi.
Gazni olishda, ombor g'ovakli bo'shlig'i hajmi bo'yicha o'rtalashtirilgan bosimning o'zgarishi quyidagiga teng
Chiziqsiz filtratsiya qonunida gazning quduq tubiga oqish tenglamasi
bu yerda
Bu tenglamalarni birgalikda yechish orqali ikki oraliq vaqt uchun zarur bo'lgan quduqlar sonini, quduq tubi va ustidagi bosimni, zarur bo'lgan kompressorlar sonini aniqlash mumkin.