Tasdiqlayman


Hayvonlarda jinsiy ko'payish



Download 2.96 Mb.
Page88/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
Hayvonlarda jinsiy ko'payish. Bir hujayrali organizmlarda jinsiy jarayon- kopulatsiya (lotincha kopulatio - qo'shilish) jarayoni kuzatiladi. Bunda maxsus jinsiy hujayralar - gametalar qo'shilib zigotani hosil qiladi. Bu
organizmlarda - gametalar ona hujayraning ko'p marta bo'linishi natijasida hosil bo'ladi. Gametalarning qo'shilishidan hosil bo'lgan zigotadan tinim davri o'tgach, yangi yosh organizmlar hosil bo'ladi.
Konyugatsiya jarayonida maxsus jinsiy hujayralar hosil bo'lmaydi. Konyugatsiya (lotincha konyugatsiya- birikish, bog'lanish so'zlaridan olingan) infuzoriyalarda kuzatiladi. Infuzoriya tufelkaning katta yadrosi konyugatsiyadan avval erib ketadi. Kichik yadro bo'linib ikkita gaploid yadrolarni hosil qiladi. Ikkita tufelka bir-biriga yaqin kelib, ular o'rtasida qo'shni hujayralar sitoplazmasini bog'lovchi ko'prikcha yuzaga keladi. Har ikki tufelka yadrolarining biri sitoplazma suyuqligi bilan boshqasiga o'tadi. Har bir tufelkadagi ikkita gaploid yadrolar o'zaro qo'shilib, diploid yadroni hosil qiladi. Konyugatsiyada ishtirok etgan tufelkalar tarqalib alohida hayot kechiradi. Konyugatsiya natijasida genetik axborot almashinuvi (rekombinatsiya) sodir bo'lgani uchun yangi hosil bo'lgan individlar genotipi dastlabki individlar genotipidan farq qiladi.
Ko'p hujayrali organizmlarda urug'lanib va urug'lanmasdan (partenogez) ko'payish farqlanadi.
Gametogenez. Hayvonlarda jinsiy hujayralarning hosil bo'lish jarayoni gametogenez deyiladi. Jinsiy yo'l bilan ko'payadigan organizmlarda jinsiy hujayralar jinsiy bezlarda hosil bo'ladi. Erkaklik jinsiy hujayralar urug'donda, urg'ochilik jinsiy hujayralar tuxumdonda rivojlanadi. Urug'don va tuxumdonda maxsus zonalar bo'lib, har bir zonada o'ziga xos jarayonlar sodir bo'ladi.

T/r


Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page