Kurtaklanib ko'payish mitoz asosida sodir bo'ladigan jarayon bo'lib, achitqi zamburug'larida kuzatiladi. Ona hujayrada yadroni saqlovchi bo'rtma paydo bo'lib, kattalashadi va mustaqil organizmga aylanadi (36-rasm).
Ko'p hujayrali organizmlarda jinssiz ko'payish quyidagicha amalga oshadi.
Fragmentatsiya -tana bo'laklari orqali ko'payish usuli bo'lib, regeneratsiya jarayoniga asoslangan. Fragmentatsiya suvo'tlari (spirogira)da, g'ovak tanlilarda, kovakichlilarda, yassi chuvalchanglarda, igna tanlilarda kuzatiladi.
Kurtaklanib ko'payish g'ovak tanlilarda, kovakichlilarda va ayrim halqali chuvalchanglarda kuzatiladi.
Zamburug'lar (qalpoqchali zamburug'lar), suvo'tlar, yo'sinlar, qirq- quloqlar, qirqbo'g'imlar sporalari orqali ko'payish xususiyatiga ega. Yengil sporalar o'simliklarni tabiatda keng tarqalishiga imkon beradi.
uksak hayvonlarda (zirhlilar) zigotadan rivojlanayotgan embrion ilk rivojlanish bosqichida bir necha fragmentlarga bo'linib, har bir fragmentdan yangi organizm rivojlanadi. Bu hodisa poliembrioniya deyiladi. Odamlarda bir tuxumli egizaklarning rivojlanishi ham buning yaqqol misolidir.
Tabiatda o'simliklarning vegetativ organlari - ildizi, poyasi va bargi orqali vegetativ ko'payishi keng tarqalgan.OTayanch so'zlar: jinssiz, jinsiy, somatik hujayra, jinsiy hujayra, spora, shizogo- niya, kurtaklanish, fragmentatsiya, poliembrioniya.
Savol va topshiriqlar:
Jinssiz ko'payishning qanday turlarini bilasiz?
Bir hujayralilarning jinssiz ko'payishini aytib bering.
Ko'p hujayralilarning jinssiz ko'payishini aytib bering.
Jinssiz ko'payishning ahamiyatini izohlang.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq: Jadvalda berilgan organizmlarning ko'payish usullarini yozing.