Tasdiqlayman



Download 2.96 Mb.
Page94/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
Gomeostaz. Organizm doimo o'zgarib turadigan muhit sharoitlarida yashaydi. Tashqi muhit omillari ta'sirining o'zgarishiga qaramay, tirik organizmlarning o'zining morfologik, anatomik, fiziologik xususiyatlarini, kimyoviy tarkibini va ichki muhitini nisbatan doimiy saqlay olish xususiyati gomeostaz deyiladi. Gomeostazni ta'minlashda immunitetini ta'minlovchi tizimlar, regeneratsiya muhim ahamiyatga ega. Regeneratsiya deb organizm­larning hayot faoliyati davomida yoki biron ta'sir natijasida yashash muddati tugagan yoki shikastlangan hujayralar, to'qimalar yoki a'zolarning qayta tiklanishiga aytiladi.
Bioritmlar. Organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik ravishda, ya'ni kecha-kunduz, oy davomida hamda mavsumiy o'zgarib turadi. Tirik organizmlarning hayotiy faoliyati ritmik o'zgarishlarga bog'liq bo'lib, evolutsiya natijasida shakllanadi va bioritmlar deb ataladi. Bioritmlar - tabiiy tanlanishning natijasidir. Yashash uchun kurashda o'z biologik jarayonlarini ritmik o'zgarishlariga moslashtira olgan organizmlar saqlanib qoladi. Bir sutka davomida organizm fiziologik jarayonlarining ritmik o'zgarishi kecha- kunduzlik bioritmlar deyiladi. Odamning tana harorati, arterial bosimi, kecha- kunduz davomida ritmik o'zgarib turadi. Hujayralarning mitoz bo'linishining tezligi, qon shaklli elementlarining miqdori ham kecha-kunduz davomida ritmik o'zgaradi. Mavsumiy bioritmlarga fotoperiodizm misol bo'ladi. Organizmlaryil davomida kun uzunligining o'zgarishiga moslashadi va ularda kechadigan fiziologik jarayonlar almashadi. Mavsumiy bioritmlar natijasida daraxtlarning gullashi, xazonrezgilik, hayvonlarning tullashi, qishki uyquga ketishi kabi hodisalar kuzatiladi.
Anabioz. Hayotiy jarayonlarning davom etishi noqulay bo'lgan muhit sharoitida organizm anabioz holatiga o'tadi. Anabioz holatidagi orga­nizmlarda moddalar almashinuvi sekinlashadi. Anabioz noqulay sharoitlar- ga organizmlarning muhim moslashish mexanizmlaridan biridir. Mikroor- ganizmlarning sporalari, o'simliklarning urug'lari, hayvonlar sistalari, tuxumlari anabiozga misol bo'ladi.

Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page