" Savol vatopshiriqlar:
O'zgaruvchanlikka ta'rif bering.
Gibridologik usul haqida gapiring.
G. Mendelning I qonunini aytib bering.
G. Mendelning II qonuni haqida gapiring.
G. Mendel no'xat o'simligining necha juft muvofiq belgilarini nasldan naslga o'tishini kuzatdi?
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
masala. Ota-onasi qora ko'zli (A) bo'lgan, ko'k ko'zli (a) yigit, otasi qora ko'zli, onasi ko'k ko'zli ayolga uylangan. Ushbu nikohdan ko'k ko'zli o'g'il farzand tug'ildi. Ota-ona va farzandning genotiplarini aniqlang.
masala. G'o'za tolasining qo'ng'ir rangi gomozigota holatdagi gen bilan ifodalanadi. Ushbu genning retsessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. Geterozigota holdagi individlarda tolasi novvotrangda bo'ladi. Qo'ng'ir tolali bilan oq tolali g'o'za navlari chatishtirilganda Fi da 1800 ta o'simlik olingan. Shundan nechtasining tolasi novvotrangda bo'ladi?
Diduragay chatishtirishda duragaylash uchun ikki juft alternativ belgili masalan, rangi va shakli bilan farq qiluvchi no'xatlar chatishtiriladi. Digomo- zigotali organizmlar AABB (sariq, silliq) va aabb (yashil, burushgan) orga- nizmlar chatishtirishdan Fxda AaBb (100%) sariq silliq organizmlar olinadi. Bunda birinchi avlodda bir xillilik (bir xilligi) qonunining yuzaga chiqqanligini ko'ramiz. So'ngra hosil bo'lgan digeterozigota duragaylar o'zaro chatishtirilganda F2 quyidagi natijani olamiz: sariq silliq A - B-; sariq burushgan A - bb; yashil silliq aaB-; yashil burushgan - aabb.
Duragaylarning F2 dagi fenotipik jihatdan 9:3:3:1, genotipik jihatdan 1:2:2:4:1:2:1:2:1 nisbatda ajralish beradi.
Shunday qilib, chatishtirish uchun olingan belgilar yig'indisidan tashqari belgilarning yangi kombinatsiyasi kelib chiqdi. Bu tajribadan G. Mendel ikkita har xil belgilarning bir-birini inkor etuvchi variantlari mustaqil kombinatsiyalana olishi mumkin ekan, degan xulosaga keldi va uchinchi qonuni - belgilarning mustaqil holda taqsimlanishi deb ataladi.
U quyidagicha ta'riflanadi: ikki yoki undan ortiq alternativ belgilari bo'lgan geterozigota organizmlar o'zaro chatishtirilganda belgilarning mustaqil holda nasldan naslga o'tishi yoki kombinatsiyalanishi kuzatiladi. Lekin shu narsani unutmaslik kerakki, bu qonun faqat noallel genlar nogomolog xromosomalarda joylashgandagina amalga oshadi.
Diduragay chatishtirishda allellarning F2 avlodida fenotip jihatdan allellarning quyidagi kombinatsiyasi yuzaga chiqishi mumkin: sariq va silliq = 3/4x3/4 = 9/16; yashil va silliq = 3/4x1/4 = 3/16; sariq va burushgan = 3/4x1/4 = 3/16; yashil va burushgan =1/4x1/4 = 1/16.
Xulosa qilib aytganda, G. Mendel tajribalarida dominant va retsessiv belgilarning nisbati 3:1 ni tashkil etadi.
Uch, to'rt va undan ko'p belgilari bilan tafovut qiladigan formalarni chatishishidan hosil bo'lgan organizmlar poliduragaylar deb nomlanadi. Masalan, no'xatning doni sariq, sirti tekis, gultojibargi qizil bo'lgan navi doni yashil, sirti burushgan, gultojibargi oq rangda bo'lgan navi bilan chatishtirilsa Fx duragaylarning doni sariq, sirti tekis, gultojibarglari qizil rangda bo'ladi.
Agar Fx duragaylar o'zaro chatishtirilsa 8 xil urg'ochi gametalar, 8 xil gametalar erkak qo'shilishi oqibatida 64 ta zigota hosil bo'ladi. Ularning fenotipi: 27 ta doni sariq, tekis, guli qizil, 9 ta doni sariq, tekis, guli oq, 9 ta doni sariq, burushgan, guli oq, 9 ta doni yashil, tekis, guli qizil, 3 ta doni sariq, burushgan, guli oq, 3 ta doni yashil, tekis, guli oq, 3 ta doni yashil, burushgan, guli qizil, 1 ta doni yashil, burushgan, guli oq bo'ladi.
huni qayd etish lozimki, allel juftlar soni qancha ko'p bo'lsa, ajralish sinflari, ularning kombinatsiyalanish imkoniyatlari, fenotipik va genotipik sinflar soni ham ko'p bo'ladi. Buni quyidagi jadvalda aniq ko'rish mumkin:
Share with your friends: |