Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Mavzu bo‘yicha tayanch iboralari



Download 1.99 Mb.
Page19/82
Date14.06.2023
Size1.99 Mb.
#61528
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82
Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralari
Investitsiya siyosati. Xorijiy investitsiyalar. Investitsiya-qurilish jarayoni. Qurilishni tayyorlash. Bevosita qurilish jarayoni. Tayyor qurilish mahsulotini realizatsiya qilish. Investitsiya-qurilish faoliyatini samarali tashkil qilish. Boshqaruv tizimini qayta qurish. Investitsiya loyihasi. Tushuntirish xati. Investitsiya dasturi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etish. Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi. Dasturni moliyalashtirish. Dasturning amalga oshirilishi monitoringi
Muhokama va nazorat savollari

  1. Davlatning investitsiya siyosatiga xos bo‘lgan xususiyatlari va ularning avvalgi investitsiya siyosatidan farqi nimada

  2. Investitsiya loyihasi deganda nima tushuniladi?

  3. Investitsiya loyihasining maqsadli funksiyalarini ochib bering.

  4. Investitsiya loyihalarni amalga oshirishda qurilishning rolini tavsiflab bering

  5. Investitsiya jarayonining mamlakat iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishga ta’sirining miqdoriy ko‘rsatkichlariga misol keltiring.

  6. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasida qanday imtiyozlar mavjud?

  7. Investitsiya dasturini shakllantirish tartibini qaysi xujjat bilan belgilanadi?

  8. Qurilishlarning aniq va titul ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi qanday?

  9. Investitsiya dasturini qanday moliyalashtiriladi?

  10. Investitsiya dasturining amalga oshirilishi monitoringi qaysi maqsadlar uchun olib boriladi



INVESTITSIYALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH USLUBLARI
Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash nazariyasi va amaliyoti tarixi

Insoniyat barcha davrlarda anglagan yoki anglamagan holda yaxshi yashashga va yaxshi yashash uchun ko‘proq mablag‘larga va imkoniyatlarga kamroq kuch va harajatlar bilan erishishga harakat qilgan. Mana shunday oddiy yondashuv va tushuncha orqali, hech bir matematik formula va interpritatsiyasiz ham samaradorlik tushunchasini anglab olish mumkin, masalan: yaxshi yashash, kam harajat sarflab ko‘p narsaga ega bo‘lish.


Davlatchilik nuqtai nazaridan xalq xo‘jaligini rivojlantirishga ajratilgan katta kapital qo‘yilmalar va nihoyat, samaradorlik nazariyasi asosiy bo‘lagi bo‘lgan iqtisodiy fanlarni rivojlantirish, investitsiyalarni samaradorligini baholash masalalari olimlarni e’tiborlarini jalb qilmasdan va maxsus ilmiy ishlarni predmeti bo‘lmasdan qo‘ymaydi.
Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash nazariyasi va amaliyotining rivojlanishini 3ta davrga bo‘lish mumkini:
1. Kapitalistik munosabatlarni rivojlantirish (1917 yilgacha).
2. Markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot davri (1917 – 1990 yilgacha).
3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish (1991 yildan hozirgi davrgacha).
Investitsiyani samaradorligini 1917 yilgacha baholash bo‘yicha ilmiy ishlar asosan ishlab chiqarish fabrikalari va zavodlarini yaratish ayniqsa Rossiyada temir yo‘llarini qurilishi va ekpulatatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bundan xususan YU.V. Lomonosovning 1912- yilda Odessada chop etilgan «Temir yo‘llarni ekspluatatsiya qilishning ilmiy muammolari» kitobi, M.G. Destremning «Kanallar va temir yo‘llarning nisbiy foydaliligi va Rossiyada yuklarni tashishning eng qulay usulini aniqlash uchun berilgan takliflarini qulayrog‘ini tanlash bo‘yicha umumiy mulohazalar» kitobi (1831) dalolat beradi
Samaradorlik masalalari va jumladan investitsiya loyihasini ko‘proq foydali variantini tanlash A. Vasyutinskiy va V. YAsinining 1905-1908 yillarda chop etilgan hamda «Hozir arzonroq to‘langan narsa, keyinchalik ham arzon keladigan narsa emas» (1912 y) deb hisoblagan V. Sokalskiylar mehnatlarida o‘z aksini topdi.
1934 yilda M.Protodyakonov kapital qo‘yilmalarning nisbiy iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichi sifatida harajatlarni izohlashishini hisobga olinishi bilan aniqlanadigan, qurilish - ekspluatatsiya harajatlarida keltirilgan miqdorni taklif qiladi. Ushbu ko‘rsatkich bir qator kamchiliklarga ega bo‘lsa ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrigacha investitsiya loyihalari qiyosiy samaradorliginining muhim ko‘rsatkichi hisoblangan.
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligi nazariyasi va amaliyoti rivojiga akademik Xachaturov.T.S katta hissa qo‘shgan. U 40-yillarning oxirida kapital qo‘yilmalarning umumiy (absolyut) samaradorligi tushunchasini kiritgan va uni milliy daromaddagi o‘sishning, ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalarga nisbati orqali aniqlashni taklif etgan.
Ko‘rsatilgan sohadagi ilmiy ishlanmalar orasidan, asosiylari sifatida majburiy normalar va qoidalar maqomiga ega bo‘lgan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • xalq xo‘jaligida kapital qo‘yilmalar va yangi texnika iqtisodiy samaradorligini aniqlashning namunali metodikasi(1960 y.).

  • Kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlashning namunali metodikasi(1969y).

  • Kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlashning namunali metodikasi (1980y).

  • Kapital qo‘yilmalar samaradorligini aniqlash metodikasi (1988y).

  • Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash va ularni moliyalashga tanlab olish bo‘yicha metodik tavsiyalar (1994).

Tayyorlangan ishlanmalar investitsilar iqtisodiy samaradorligini baholashda tarmoqlar bo‘yicha nizomlar va yo‘riqnomalar tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Ularga asoslangan holda «Qurilishda kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma(S.N.423-71)», «Temir yo‘l transportida kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma» (1973), «Daryo transportida kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma» (1974y), hamda loyihaviy echimlarni iqtisodiy samaradorligini baholash bo‘yicha ko‘rsatmalar va metodik tavsiyalar xuddi shunday ishlab chiqarilgan.
Hozirgi kunda olimlar va mutaxassislar 1994 yilgacha tayyorlangan ishlanmalarlarning ko‘pchiligi bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermasligi ta’kidlab o‘tishmokda. Haqiqatdan ham bu ishlanmalarda inflyasiyani hisobga olmaslik, sharoitlarning noaniqligi va tavakkalchilik darajasi va hakozolar, kabi omillarga o‘rin berilmagan, vaholanki u sharoitlarda bu tushunchalar nafaqat amaliy balki nazariy jihatdan ham hisobga olishga yo‘l qo‘yilmagan. Oldingi metodlarning kamchiliklari sifatida masalaning iqtisodiy va sotsial tomonlarini zaif ishlab chiqilganligi, diskontlash koeffitsientini qabul qilishdagi munozaralar va baxslarni aytish mumkin. Biroq shunga qaramasdan ko‘rilgan ishlanmalar iqtisodiy bilimlarning ma’lum yutuqlari sifatida, kapital qo‘yilmalarning samarador baholashning boshlang‘ich asosi bo‘ladi.

Download 1.99 Mb.

Share with your friends:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page