15. Notijorat faoliyatini moliyaviy jihatdan qo’llab quvvatlash shakllari. Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy man-balari quyidagi besh asosiy guruhdan tashkil topadi:
byudjet mablag’lari;
tijorat faoliyati: - tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan tushum; - aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar va omonatlar bo’yicha olinadigan daromadlar; - notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami asosida tuzilgan xo’jalik jamiyat-larining faoliyatidan olinadigan daromadlar;
tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning homiylik yordamlari;
ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o’zida tushib turishi mumkin bo’lgan tushilmalar;
qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masa-lan, ko’ngillilarning mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo’yicha o’tkazilgan tadbirlar (lotereyalar, auktsion-lar, ko’ngilxo’shlik, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan kelgan tushilmalar.
Notijorat sektorni davlat tomonidan bevosita qo’l-labquvvatlashning uch asosiy shakli mavjud:
to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;
hamkorlikda moliyalashtirish;
davlat ijtimoiy buyurtmasi.
Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirish shakli-dan ham, ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to’lovlari va boshqa shunga o’xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi. Bilvosita moliyalash-tirishning asosiy ko’rinishlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
soliq xarakteriga ega bo’lmagan imtiyozlar;
soliqlardan imtiyozlar;
boshqa imtiyozlar. Soliq to’lashda imtiyoz berish quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
xayriya qiluvchilar uchun imtiyozlar;
homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar. Boshqa imtiyozlar quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’-ladi:
notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, er maydonlarini ajratish;
litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish;
aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to’lashda imtiyozli tariflardan foydalanish;
va boshqalar. Davlat organlari notijorat tashkilotlarining fao-liyatiga aralashish, agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kelayotgan bo’lsa, xarajatlarning yo’na-lishiga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas.