11. Moliyaviy siyosat konsepsiyalari



Download 18.05 Kb.
Page1/4
Date16.11.2023
Size18.05 Kb.
#62616
  1   2   3   4
moliya 11-20 javobla

11. Moliyaviy siyosat konsepsiyalari. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli miqdorda va kerakli muddatda moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. Moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko’rsatib turishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush darajasi oshishini ta’minlab va davlat daromadlarining miqdorini ko’paytirib, moliyaviy xo’jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning asosiy maqsadi: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratishdan iborat. Moliyaviy siyosatning prinsplari: 1) moliyaviy tizim bo’g’inlarining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish. 2) barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi. 3) barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish.


12. Moliyaviy siyosatsing yo’nalishlari.
1) byudjet-soliq siyosati,
2) pul-kredit siyosati,
3) investitsion siyosat,
4) baho siyosati,
5) boj siyosati,
6) ijtimoiy moliyaviy siyosat

13. Moliyaviy tizim sohalari va bo’g’inlarining farqi. Faoliyat jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllana-digan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui moliyaviy tizim deyiladi. Moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga bo’linadi:
 davlat moliyasi va mahalliy moliya;  xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi.
Moliyaviy tizimning har bir sohasi va bo’g’iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o’ziga xos bo’lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni yaratishga, uni korxonalar o’rtasida taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar, tarmoqlar va aholining turli ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlanadi. Moliyaviy tizimning bu sohasi tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo’g’inlardan tashkil topadi.


Download 18.05 Kb.

Share with your friends:
  1   2   3   4




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page