Atrof-olam-majmua


Maktabgacha tayyorlov guruhi



Download 1.38 Mb.
Page11/62
Date21.11.2023
Size1.38 Mb.
#62660
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62
MAJMUA-(T.F)MAKTABGACHA YOSHDAGI-2023-24
Maktabgacha tayyorlov guruhi. Bu guruhdagi kuzatishlarga rahbarlik qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bolalarga ko‘proq mustaqilliklarini namoyon qilish uchun sharoit yaratishdan iboratdir. Uzoq muddatli kuzatishlar uchun topshiriqlarning bir qismi bolalarga oldindan beriladi. Tarbiyachi bularni bolalarga ba‘zi-ba‘zida eslatib turadi. Qisqa muddatli kuzatishlarda tarbiyachi savol-topshiriqlardan foydalanadi. Masalan, «Yangi keltirilgan qush bizda oldin yashagan qushdan nimasi bilan farq qiladi?» «Bog‘chamizdagi daraxt va butalarning barglari bir xilda sarg‘ayganmi?» va shu kabilar. Ko‘pincha savollar faqatgina bolalar ba‘zi bir murakkabliklarga uchraganlaridagina beriladi. Tadqiqotchilik harakatlaridan ham yuqoridagi holatda foydalaniladi. Tayyorlov guruhi bolalari o‘z kuzatishlarida oddiy moslamalar, ba‘zan esa asboblar — termometr, flyuger, lupa, reyka (qorning qalinligini o‘lchash uchun va shu kabi)lardan foydalanishlari mumkin.
Amaliy uslub va uning turlari.
Tabiatning oddiy hodisa va tasavvurlarini kengaytirish maqsadida o‘tkaziladigan kuzatishlar bilan bir qatorda xilma-xil o‘yinlardan keng foydalaniladi. Bu o‘yinlarda bolalar sezuvchanlik tajribasini orttiradilar, egallagan bilimlarini ijodiy o‘zlashtiradilar. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o‘yinlardan foydalaniladi.
Didaktik o‘yinlar. Didaktik o‘yinlarda bolalar o‘zlarida tabiatdagi narsa va hodisalar, hayvonlar va o‘simliklar haqida mavjud bo‘lgan bilimlarni aniqlaydilar, mustahkamlaydilar, kengaytiradilar. Ko‘pgina o‘yinlar bolalarni umumlashtirish hamda turkumlashga o‘rgatadi.
Didaktik o‘yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanlikning o‘sishiga yordam beradi, yangi sharoitlarda bolalarni mavjud bilimlardan foydalanishga o‘rgatadi, turli aqliy jarayonlarni faollashtiradi, lug‘atni boyitadi, bolalarda birgalikda o‘ynash ko‘nikmasini tarbiyalashga yordam beradi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda predmetli, stol-bosma va og‘zaki didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.

Download 1.38 Mb.

Share with your friends:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   62




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page