Chizmachilik


Qurilish konstruksiyalari



Download 5.17 Mb.
Page72/76
Date27.01.2024
Size5.17 Mb.
#63356
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76
cxhizmachilik asoslari
Dars-ish-aks-qirqim, Kurs ishi mavzu “Yig\'ish chizmalarida aksonometrik proyeksiyala (1)

11.5. Qurilish konstruksiyalari




Yog‘och konstruksiyalarning chizmalari. Yog‘och bir qancha ijo­biy xususiyatlarga ega bo‘lganligi sababli qurilish materiallari sifatida uzoq yillardan buyon ishlatilib kelinadi, u yengil ishlanadi, massasi kichik, yetarli darajada mustahkam, sovuq va issiqni kam o‘tkazadi.
Yog‘ochdan binoning ko‘pgina konstruksiyalari, devorlari, yopmalari, chordoq to‘sinlari, poli va hokazolar tayyorlanadi. Yog‘och konstruksiyalar mixlar, boltlar, shponkalar, chagalar, nagellar yordamida biriktiriladi.
15–jadvalda yog‘och konstruksiyalar elementlarining chizmada qo‘llanadigan ayrim shartli grafikaviy (GOST 11692–66 ) keltirilgan. Chiqarish chiziqlarida biriktiruvchi detallarning shartli belgilari, detallarning soni, eni, balandligi va uzunligi ko‘rsatiladi.
Agar yog‘ochdan deraza va eshik bloklarini, pollarini, pardadevorlarni va shunga o‘xshashlarni tayyorlash uchun foydalanilsa, u holda binoning bu qismi chizmalari AR markali me’moriy-qurilish yechimlari chizmalari komplektiga kiritiladi. Agar yog‘och binoning yuk ko‘taradigan qismlarini tayyorlash uchun qo‘llanilsa va u loyihaning ko‘p qismini tashkil qilsa, u holda ish chizmalari alohida komplektlanadi va ularga KD marka beriladi.
222-rasmda suyanma yog‘och ferma tugunining chizmasi yirik masshtabda (1:20) tasvirlangan. Bunda ish bajarish uchun kerakli barcha ma’lumotlar, elementlari kesimi, mixlarni joylashishi, boltlar, skobalar bilan maxkamlash joylari, kerakli qirqimi va kesimlar, zarur bo‘lgan o‘lchamlar ko‘rsatilgan. Yog‘och fermalar asosan dumaloq yog‘ochlardan yoki to‘trqirrali yog‘ochlardan tayyorlanadi.
Yog‘och ferma elementlari, tayyorlash chizmalari bo‘yicha tayyor­lanadi, bu chizmalarda har bir elementning formasi va o‘lcham­lari tasvirlanadi. Yog‘och konstruksiyasining aksonometrik proyeksiyasi bajariladi.


15-jadval. Yog‘och konstruksiyalari elementlarining shartli
grafikaviy belgilari

Nomi

Belgisi

Nomi

Belgisi

Prizmatik shponkada biriktirish



Boltli biriktirish



Nagellarda biriktirish



Silindrik nagellar bilan biriktirish



Chagada biriktirish





Download 5.17 Mb.

Share with your friends:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   76




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page