Fan Tarixdan hikoyalar I. Mavzu



Download 4.89 Mb.
Page153/156
Date11.01.2023
Size4.89 Mb.
#60342
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
5 синф тарих
DARSNING BOSQICHLARI

T.r.

Bosqichlar

Mazmuni

Uslublar

Vaqti

I.

Tashkiliy
Ishlar

Salomlashuv.
Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash

og‘zaki
muloqot

3
Daqiqa




II.

Dars
mazmunini tushuntirish

Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi
mavzuni tushuntirish.

tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.

25 daqiqa




III.

O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash

Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.

Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi

12
Daqiqa

IV.

Dars
yakunlarini chiqarish

Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.

O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.

5
Daqiqa

O‘quv mashg‘ulotining borishi


I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
Dars salomlashish bilan boshlandi.
Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.
Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.
B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.
IX.Yangi mavzu bayoni
Dengiz savdo yo‘llariga ehtiyojning o‘sishi. Milodning XV asri oxiri vaXVI asr boshlarida Yevropa qit’asi davlatlarida yangi dengiz savdo yo‘llariga ehtiyoj yanada kuchaygan. Bunga nimalar sabab bo‘lgan edi?
Birinchidan, XV asr oxiri - XVI asr boshlarida Yevropada tovar ishlab chiqarish yuqori sur’atlarda o‘sa boshlagan. Bu esa turli xomashyolarga bo‘lgan talabni oshirib yuborgan. Biroq Yevropa qit’asining o‘zida xomashyo kam edi. Shu tufayli uning miqdori talabni qondiraolmagan.
Bundan tashqari, Yevropada savdo-sotiqning rivojlanishi pulga bo‘lgan talabni ham oshirib yuborgan. Ko‘p miqdorda pul zarb etish uchun esa ko‘plab oltin va kumush kerak edi. Yevropada esa bunday nodir metallar kam edi. Shu tufayli у evropaliklar ularni boshqaqit’a mamlakatlaridan olib kelishni o‘ylay boshlaganlar. Ulaming ongini o‘zga o‘lkalar xalqlarining oltin-kumushlarini va boshqa boyliklarini egallash fikrichulg‘abolgan.
Biroq yevropaliklar Buyuk Ipak yo‘lidan va O‘rta dengiz orqali o‘tadigan dengiz savdo yo‘lidan foydalanaolmas edilar. Chunki bu yo‘llar yevropaliklarning o‘sha davrdagi asosiy raqibiga aylangan Turkiya davlati qo‘liga o‘tib ketgan edi. Binobarin, bu yo‘ liar yevropaliklar uchun xatarli bo4lib qolgan. Bunday mushkul vaziyatdan qutulish uchun yangi dengiz savdo yo‘llarini ochish zarur edi. Bu davrda yevropaliklarda yangi dengiz savdo yo‘llarini ochishga imkon beruvchi qudratli kemalar hamda harbiy qurollar mavjud edi. Bundan tashqari, ular dengizda kompas va astrolabiyadan foydalanishni bilar edilar.
Yangi dengiz yo‘IIarining ochilishi. Portugaliya va Ispaniya dengizchilari yangi dengiz yo‘llari ochilishining tashabbuskorlari bo‘lishdi. Yangi dengiz yollari ochish dengizchilardan dovyxiraklikni ham talab etgan, albatta.
Yangi dengiz savdo yo‘li ochishga birinchi bo4lib Ispaniya qirolligiga xizmat qilgan dengiz sayyohi admiral Xristofor Kolumb rahbarlik qilgan. U o‘z oldiga Yevropadan Atlantika okeani orqali Hindistonga boradigan dengiz yo‘li ochishni maqsad qilib qo’ygan.
Nihoyat, 1492-yilning yozida X.Kolumb bosh- chiligidagi 3 ta kema Atlantika okeani orqali harakatni boshladi. Shu yilning oktabr oyida sayohatchilar quruqlikka kelib tushdilar.X. Kolumb ochgan o'lkalar Ispaniyaqirolligi mulkiga aylangan.
Hindistonga va boshqa o‘lkalarga boriladigan dengiz yo‘llarining ochilishi. 1498-yilda Atlantika okeani orqali Hindistonga boriladigan dengiz yo'l ini portugaliyalik sayyoh Vasko da Gama ochishga muvaffaq bo'lgan. Vasko da Gama Portugaliyaning Hindistonda egallab olgan hududlariga qirol o'rinbosari etib tayinlangan. Mashhur sayyoh Hindistonda vafot etgan.Keyinchalik yevropalik boshqa sayyohlar Avstraliya (Janubiy yer) qit’asini ham kashf etishdi.Odamlar uchun o'zlari yashagan davrgachanoma’lum bo'lgan yangi yerlaming izlab topilganligiga buyuk geografik kashfiyotlar deyilgan.
Jahon savdo aloqalari. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli yangi savdo yo llari ochilgan. Bu yo‘llaming ochilishi, o‘z navbatida, jahon savdosini vujudga keltirgan. Natijada kishilikjamiyati rivoji yanada tezlashgan.
Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin Angliya davlati eng muhim dengiz savdo yo‘llari ustidagi davlatga aylandi. Bu esa unga jahon savdosida yetakchilikni qo‘lga kirita borishga imkoniyat yaratdi. Davlat poytaxti London shahri savdo kemalari to'xtaydigan yirik port shahriga aylandi.
V.Baholash: Darsda faol o`quvchilar baholanadi?
IV Yangi mavzuni Mustahkamlash.



  1. Qanday omillar yevropaliklar oldiga yangi dengiz yo ‘llari ochish vazifasini ko'ndalang qilib qo'ygan?

  2. Yangi dengiz yo'Uarining ochilishida X.Kolumb qanday rol o'ynadi?

  3. Portugaliyalik dengiz sayyohlari yangi dengiz yo‘llari ochilishiga qanday hissa qo'shganlar?

  4. Buyuk geografik kashfiyotlar deb nimaga aytilgan va uning tarixiy ahamiyati nimalardan iborat bo'lgan?

?


.

5 Uyga Vazifa


Keyingi mavzu bilan tanishib kelish



Download 4.89 Mb.

Share with your friends:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page