Mavzu: Jondor tuman toponomikasi. Reja


Poʻloti - poʻlatdan qilingan ma’nosiga ega boʻlib, toponimda kasbga ishora mavjud. Oʻzbek urugʻlari ichida shu nomdagi qabila ham boʻlgan. Doʻqqi –



Download 53.16 Kb.
Page8/11
Date21.07.2022
Size53.16 Kb.
#59218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Maruf.E
Poʻloti - poʻlatdan qilingan ma’nosiga ega boʻlib, toponimda kasbga ishora mavjud. Oʻzbek urugʻlari ichida shu nomdagi qabila ham boʻlgan.
Doʻqqi – Buxoro shevasida yoʻgʻon, besoʻnaqay narsaga, hatto odamga nisbatan ham qoʻllanilgan atama
Rabotioʻgʻlon – oʻgʻlonrabot. Oʻgʻlonlar istiqomat qilgan rabot.
Hazorman - hazor, ya’ni ming soʻzidan olingan.
Man – tarixiy ogʻirlik oʻlchovi birligi. “Ming man” ma’nosida. ] ]
Shodila - shodilar deb talaffuz qilinsa, shod-xurram boʻlib yuruvchilar ma’nosini beradi.
Gulobod gullarga boy, obod manzili
Zangi - zangi arabchada “qora” ma’nosini anglatadi. Ushbu nomda toponimning tabiiy geografik oʻrniga ishora mavjud.
Dehmun - deh, ya’ni “qishloq” ma’nosida.
Koʻcha – shahar yoki qishloq ichidan oʻtgan uzun yoʻl. Ikki qishloqni tutashtirgan yoʻl ustidagi manzil.
Qalluq – mazkur toponim yuzasidan ikki xil versiyani ilgari surish mumkin. Birinchisi, ushbu toponim “qarluq” etnotoponimining buzilgan shakli boʻlishi mumkin. Ikkinchisi, “qalliq” soʻzidan olinganligi ehtimoldan xoli emas.
Shoʻrobod mahalla fuqarolar yigʻini Shoʻrobod – shoʻri yuvilib, obod qilingan manzil.
Yovonbolo – yuqori yovon (dala) ma’nosida.
Dala yuqorisida joylashgan qishloq.
Yuqori Arabxona – etnotoponim. Ikki katta qishloqdan iborat Arabxona qishlogʻining yuqori qismi.
Umarxoʻja – onoma. Shaxs nomidan olingan joy nomi.
Rahimobod – onoma. Shaxs nomidan olingan joy nomi.
Tangosha - tong osha deb talaffuz qilinsa, “tong oʻtib” ma’nosini beradi.
Qozikenti mahalla fuqarolar yigʻini Qozikenti - qozi qishloq. Qozi yoki qozilar qishlogʻi.
Xosakor – maxsus ekinlar ekiladigan mavze.
Janafar – etnotoponim. Turkiy qavmlardan biri nomidan olingan.
Qirgʻichi – qoshiqqa oʻxshash temir asbob boʻlib, u bilan qovoq va qovunlarning ichi qirilgan. Shu turdagi asbob yasovchi ustalar qishlogʻi.
Boloiob - suv (ariq, daryo) yuqorisida joylashgan mavze ma’nosida. Qishloqcha – boshqa atrof qishloqlarga nisbatan kichik, moʻ’jaz, lekin mustaqil turmush tarziga ega qishloq.8
Koʻsalar – etnotoponim. Urugʻ nomidan olingan. Qoʻngʻirot, yuz, turkmanyuz kabi qabilalar tarkibida uchraydi1 . Fargʻona, Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari hududida ham yashagan
Xumin - agar ikki qismdan iborat joy nomi deb talqin qilinadigan boʻlsa, “xum” va “in”soʻzlaridan tarkib topgan va “inga oʻxshash xum” yoki “xumdek in” ma’nolarini beradi deb hisoblash mumkin.

Download 53.16 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page