Mavzu: ta’lim boshQARUVIDA MASOFAVIY ta’lim texnologiyalaridan foydalanish usullari mundarija: kirish i-bob. MASOFAVIY ta’lim texnologiyalari asoslari


Elektron darsliklar strukturasi va masofaviy



Download 230.5 Kb.
Page10/10
Date10.05.2022
Size230.5 Kb.
#58772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu ta’lim boshQARUVIDA MASOFAVIY ta’lim texnologiyalaridan
dissirtation, kimjovij kinetika va muvozanat
Elektron darsliklar strukturasi va masofaviy

ta’limda tutgan o‘rni

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichiga o‘tish arafasida turibmiz. O‘quv jarayonini yaxshilashda virtiual stendlar, multimediali elektron darsliklar va INTERNET tizimidan foydalanishga alohida o‘rin ajratilmoqda. Buni amalga oshirish uchun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali «Axborot texnologiyalari markazi» hamda mavjud kompyuter sinflari yagona lokal kompyuter tarmog‘iga birlashtirilgan. Lokal tarmoq orqali Internet tarmog‘iga ulanish tashkil etilgan.

Elektron darsliklar yaratish borasida Respublikamizda e’tiborga loyiq ishlar qilinayotganligi ma’lum. Hozirgi kungacha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish instituti tomonidan ko‘pgina elektron darsliklar taqdim etildi. Ulardan oliy ta’lim muassasalari talabalari ham foydalanmoqda. Kompyuterning imkoniyatlaridan foydalanilgan holda yaratilgan elektron darsliklar ta’lim tizimida yangi istiqbolli yo‘lni ko‘rsatib berdi. Bunday elektron ishlanmalarni tayyorlash borasidagi ilmiy-uslubiy, tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal etishni ishlab chiqish talab etiladi.

Respublikadagi mavjud oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan ma’ruza matnlari umumlashtirilgan. U faqat matn ko‘rinishda xolos. Ulardan foydalanilgan holda Rower Roint dasturidagi imkoniyatlarni qo‘llash bilan fandagi biror bo‘lim yoki ma’ruzani o‘qitish jarayonida taqdim etish (perezentatsiya) ni tashkillash mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda yaratilgan elektron darsliklarda rejalar, matnlar, animatsion filmlar, ikki va uch o‘lchovli grafika, audio hamda video materiallar, testlar, interfoal elementlar, foto materiallar, slaydlar qo‘llanilgan. Insonga informatsiya qanchalik ko‘proq omillar hamda xarakatlar vositasida yetkazilsa shuncha tez o‘zlashtiradi hamda xotirada yaxshi saqlanadi.

Ta’lim oluvchilar elektron ishlanmalardan doimiy foydalanishi ham ta’lim sifatini oshiradi deb hisoblash o‘rinli emas. Sababi bunday ishlanmani ko‘rib chiqish uchun foydalanuvchi bilimga oid terminlar, shakllar, ma’lum bir ta’riflar hamda xossalarni bilishi lozim bo‘ladi. Har bir mavzu yoki materialni o‘rganishdan so‘ng elektron darslikdan foydalanib bilimlarni mustaxkamlash, test materiallarini hal etib o‘z bilimini sifatini nazorat qilish bilim oluvchilarning materiallarni puxta o‘zlashtirishlari uchun muhim omil bo‘ladi.

Mustaqil ta’lim oluvchilar ham fanga tegishli bo‘lgan adabiyotlar bilan tanishmas ekanlar puxta bilim olmaydilar. Materialni o‘zlashtirish uchun taqdim etilayotgan testlarni elektron darsliklarni ikki va undan ortiq imkoniyatlarini tashkillash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Birinchisi elektron darslik materialini istalgan usulda to‘ridan to‘ri o‘rganish va imkoniyatlaridan foydalanish. Ikkinchisi biror mavzuni o‘zlashtirib olgandan va test talablarini bajargandan so‘ng keyingi mavzuga o‘tish. Ikkinchi usulda tashkillangan ta’lim jarayoni o‘rganuvchilardan bilimlari puxta bo‘lishni talab etibgina qolmay o‘z bilimlariga ishonchni shakllantiradi.

Masofaviy ta’lim olishda o‘qitish vositalar ko‘lami ancha keng va an’anaviylardan tashqari quyidagilarni ham o‘z ichiga oladi:


  • o‘quv adabiyotining elektron nashri;

  • kompyuter o‘quv tizimlari;

  • audio, video va boshqa o‘quv materiallari;

  • elektron darsliklar;

  • ma’ruza matnlarining elektron shakli;

  • vertual ustaxonalar va tajriba stendlari. O‘quv adabiyotining elektron nashri bosma nashrning hamma xususiyatlariga ega bo‘lishi bilan bir qatorda ijobiy tafovut va afzalliklarni ham o‘z ichiga oladi. Aniqroq qilib aytganda, o‘quv materiallarini kompyuter xotirasida yoki disketa (disk) da saqlashda ixchamlik, gipermatn imkoniyatlari, qo‘llash qulayligi, ko‘paytirish imkoniyati, operativ ravishda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kirish imkonini, elektron pochtadan yuborish qulayligi mavjud. Bu — mustakil ravishda bilim olish va nazorat qilish uchun tegishli o‘quv fanidan o‘quv elektron darslik, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, uslubiy va izoxli axborot materiallari xamda dasturiy ta’minotdan iborat avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimi.

Elektron darsliklar — giperbog‘lanish elementlari, animatsiya va audio effektlari hamda bilimni mustaqil nazorat qilish tizimi bo‘lgan, maxsus ishlab chiqilgan yoki tanlangan dastur yordamida ifoda etiluvchi o‘quv materiallari.

Ma’ruza matnlarining elektron shakli—aprobatsiya va ekspertazadan so‘ng ta’lim portali yoki sereverga joylashtirilgan o‘quv adabiyotmning to‘la xuquqiy maqomiga ega bo‘lgan ma’ruzalar matni.

Elektron kitoblarni strukturasini quyidagicha tasvirlash mumkin:

Elektron darslik masofaviy ta’limning asosiy elimenti xisoblanib, u o‘quv fanini yoki uning ma’lum bir yo‘nalishini yoki bo‘limini mustaqil o‘qishni ta’minlovchi va o‘zida odatda darslik ma’lumotnomalar mashqlar to‘plami infarmatsiya proktikum xususiyatlarini birlashtiruvchi darslik uslubiy majmuadir.

Masofaviy ta’limda Elektron darslik quyidagilar instrumentlarga ega:



  • Fizikaviy kimyoviy va shunga o‘xshash jarayonlarini dinamika (xarakatda ko‘rsatish).

  • Kuzatish imkoniyati bulmagan ob’ekt va axborotlarni kurgazmali ko‘rsatish.

  • Noyob va qimmatbaxo materiallar , qurilmalar reogenetlarni talab qiluvchi shuningdek insonning sog‘lig‘i va xayoti uchun xavfli ob’ekt va jarayonlarni komp’yuterli modellashtirish va ularni ko‘rgazmali ko‘rsatish.

  • Darslik muallifining audio izoxini berish.

  • Audio va video ko‘rinishlar va animatsiyalarlarni kiritish.

  • Matnga bog‘langan yo‘naltirish va jo‘natishlarni tashkil qilish.

  • Murakkab hisoblarni natijalariga raqamli yoki grafik ko‘rinishida ko‘rsatish bilan tezkor amalga oshiriladi.

  • Studentning masalalar va testlarni bajarishdagi bilmini o‘zi tomonidan nazorat qilish.

Elektron darslikni yaratish jarayoni bir vaqtning o‘zida yaratilayotgan darslikning o‘quv predmeti hamda axborot texnalogiyalari sohasidagi bilimlarni talab qiladi. Bu amaliyotda ikki yo‘nalishdagi mutaxasislar:

1. Fan bo‘yicha mutahasislar yoki ma’ruzachilar.



2. Dasturiy mutahasislar hamkorligini ko‘zda tutadi. Elektron darslikni yaratishda quyidagi asosiy bosqichlar tavsiya etiladi.

  • Darslik matnini dastlabki variantini tayyorlash.

  • Darslikning alohida qismlarini o‘zaro bog‘langan senariysini o‘zaro bog‘langan audio , video qismlarining elektron darslikni o‘qish jarayonida matnda statik tarzda joylashgan yoki dinamikada paydo bo‘ladigan turli - tuman ilpustratsiyalarning senariysini boshlang‘ich tarzda tayyolash.

  • Komp’yuterda elektron darslikni tarkibiy qismlarini amalga oshirish.


1 Расул КУШЕРБАЕВ, Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати, Ахборот ва коммуникация технологиялари масалалари қўмитаси аъзоси. (Халқ сўзи, 24 декабрь 2017 йил)

2 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2015 йил 10 апрелдаги 87-сон қарорига илова, Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги тўғрисидаги низом, II бўлим

3 Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23 сентябрдаги ЎРҚ-637-сонли «Таълим тўғрисида»ги Қонунига асосан ўз кучини йўқотган.

4 А.А.Абдуқодиров. Масофали ўқитиш моделлари ва уларнинг синфлари. Физика, математика ва информатика, Т., 2004, 5-сон, 50-56 бетлар

5 А.А.Абдуқодиров. Таълим тизимида масофали ўқитиш технологияси. “Жамиятнинг ҳозирги замон тараққиётида телекоммуникациялар ва ахборот технологияларининг роли ва аҳамияти” халқаро илм. конф. матер-и (2005 йил 27-29 сентябрь), Т., 2005, 2-қисм, 3-б


6 А.А.Абдуқодиров. Педагоглар малакасини оширишда масофали ўқитиш методикаси. “Ахборот-коммуникация технологиялари бўйича педагоглар ва мутахассислар малакасини ошириш : тажриба ва муаммолар” ил. усл. конф. матер-и (2004 йил 23 июнь), Т., 2004, 8-15 б.

7 А.А.Абдуқодиров. Хорижий давлатларда масофали ўқитиш. Ахборот хавфсизлиги: муаммо ва ечимлар. Т., Ўзб. ёзувчилар уюшмаси Адабиёт жамғармаси, 2004, 13-17 бетлар

Download 230.5 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page