- ta'lim jarayonida uchraydigan kamchiliklarni aniqlash va boshqalar.
Bilim
Ijtimoiy moddiy va ruhiy faoiiyatning mahsuli: obyektiv xususiyatlar va olamning tabiiy va insoniy aloqalarning belgili shakldagl ideal ifodalanishi».
-odamlaming predmetlar va jamiyatni bilish (tasavvur etish, tushunish) mahsuli». - tabiat, jamiyat va tafakkurning qonuniyatlari to'g'risidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va tizimlashtirilgan yig'indisidir».
Ilmiy bilim
Ta'lim-tarbiyani takomillashtirish muammolarining yechimlarini topishda qo'l keladi va u tizimli, asosli narsa-hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bo'ladi. U empirik va nazariy darajada bo'ladi. Bilimdan empirik va nazariy bilimlarni shakllantirishda foydalaniladi.
Nazariy bilim
Empirik holatlarni tushuntirish, ya'ni narsa va hodisalar mohiyatmi bilish imkonini beradigan qonuniyatlarni ochishni nazarda tutadi.
Bilimni o’zlashtirishga ta'lim jarayoni 4 ta asosiy bosqichdan tashkil topadi:
O'zlashtirilishi lozim bo'lgan materialni idrok etish.
Uni tanlab olish tushunchalarining hosil bo'lishi.
Bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish uchun ko'nikma va malakalarni hosil qilish.
Hosil qilingan ko'nikma va malakalarni amalda qo'llash.
Ta‘lim
Ta'lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko'nikma hamda malakalarni shakllantirishdagi ikki yoqlama (ya'ni, o'qituvchi va o'quvchi faoliyati)jarayon bo'lib, u kishini shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.
Tarbiya
Shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakilantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon;
Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yordamida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi.