«Ona tili» 5-sinf sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi



Download 1.87 Mb.
Page279/371
Date15.05.2023
Size1.87 Mb.
#61343
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   371
5-sinf-ona-tili-yillik-dars-ishlanma
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar: 1) «Ona tili» 5-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi: a) salomlashish b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash)
1-topshiriq. Ko‘z, oltin, temir, quloq, og‘iz so‘zlarini eshitganingizda, eng avvalo, nimalar ko‘z oldingizga keladi?
2-topshiriq. Quyida berilgan birikmalar tarkibida kelgan ko‘z, oltin, temir, quloq so‘zlarining qaysi ma'noda kelganini ayting.
Derazaning ko‘zi, buloq ko‘zi, ishning ko‘zi, oltin bosh, oltin kuz, qozonning qulog‘i, temir intizom.


So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan atash ma'nosi o‘z ma'no sanaladi.
So‘zning nutqda boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qiladigan yondosh ma'nosi ko‘chma ma'no hisoblanadi. Masalan: Odamning qulog‘i- o‘z ma'noda, qozonning qulog‘i- ko‘chma ma'noda.


O‘z va ko‘chma ma'no birikib ko‘p ma'noli so‘zni hosil qiladi

487-mashq. Gaplarni o‘qing. So‘zlarning qaysi ma'noda qo‘llanganligini aniqlab, o‘zlari bog‘langan so‘zlar bilan birgalikda o‘z ma'no va ko‘chma ma'no sarlavhasi ostida ikki ustunga ajratib yozing.


1. Osmon uzoq, yer qattiq. (Maqol) 2. Qattiq ovoz eshitildi. 3.Uy supurilgan, toza. 4. Do‘stimning qalbi рок, toza.
488-mashq. Gul, shirin, issiq so‘zlarining har biriga ikkitadan gap tuzing. 1-gapda o‘z ma'nosida, 2-gapda ko‘chma ma'noda kelsin.
489-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Nuqtalar o‘rniga qavs ichidagi zarur so‘iiarni qo‘ying. Ma'nosini izohlang.
1. Yo‘ldoshboy soy ... pastga tomon qiyalab yurdi. (Habib No‘топ) 2. Farzandlari yo‘q, haligacha ... zor ular. 3. Eshitgan ... nima deydi. 4. Ishning... bilishini qarang-a. (Ch. Aytmatov)
(Timoqqa, yoqasidan, quloq, ko‘zini).
490-mashq. a) quyidagi so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma'noda qo‘llanishini ko‘rsatuvchi gaplar tuzing; b) ular o‘rtasidagi ma'no tafovutiga e'tibor bering.
Yer, maktab, qosh, ko‘z, etak.

Download 1.87 Mb.

Share with your friends:
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   371




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page