O’quvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyati Mundarija Kirish Asosiy qism I bob. Tarbiyaviy mashg’ulot jarayonining tuzilishi va tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish



Download 52.83 Kb.
Page1/6
Date22.05.2024
Size52.83 Kb.
#64311
  1   2   3   4   5   6
O’quvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiya
YUSUF HOS HOJIB, ТАШАККУРНОМА - З.Рахимов, Filtrlashni nazariy asoslari

O’quvchilarni tarbiyalashda tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyati
Mundarija

Kirish………………………………………………………………………………3
Asosiy qism
I BOB. Tarbiyaviy mashg’ulot jarayonining tuzilishi va tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish……………………………………………………9
1.1. Tarbiyaviy mashg’ulot jarayonining tuzilishi………………………………....9

1.2. Tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati …..13


II BOB. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyati va tarbiyaviy mashg’ulot usullari……………………………….….22
2.1. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyati …..22
2.2. Maktabdan tashqari faoliyat tarbiyaviy mashg’ulot usullari: og’zaki, amaliy ish usullari………………………………………………………………………27
Xulosa……………………………………………………………………………29
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….30

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini bo‘lishi bilan birga keyingi ta’lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga yo‘naltirilganligi barchaning e’tiboridadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli
Farmoni, 2017 yil 9 sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek, Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish kabi davlat hujjatlarida bu sohaga oid masalalarini hal etish nazarda tutilgan.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev bu tizimni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha nazardan chetda bo‘lgan eng kichik jihatlarigacha e’tibor qaratdi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligich qolayotganligi aniqlandi. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiytexnika bazasi zamon talablariga javob bermayapti. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida «2017−2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Respublikamizda bugungi kunda jami 7104 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat yuritadi. Ulardan 5604 tasi (79%) – davlat, 63 tasi idoraviyva 1437 tasi (21 %) – nodavlat muassasalardir. 3-7 yoshdagi bolalarning umumiy sonidan (2,5 mln) 932 310 nafari (37,7 %), shundan shaharlarda 500 236 nafari (20,2 %) va qishloq joylarida 432 074 nafari (17,4 %) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan. Umuman, mamlakat bo’yicha 3-7 yoshdagi har 100 nafar bolaga maktabgacha ta’lim muassasalarida 28,1 ta joy to’g’ri keladi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ba’zi kamchiliklar qatorida maktabgacha ta’lim tayyorlov guruhlari bolalarining matematik tasavvurlarini davlat talablari asosida shakllantirish ishlari ham talab darajasida emas.

Kurs ishining maqsadi. Umumta'lim maktablarining tarbiya berishda etishda nazariy, amaliy va eksperimental-metodik mashg’ulotlarni tadqiq etish va bu borada ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishi vazifalari.
1.Tarbiyaviy mashg’ulot jarayonining tuzilishini o’rganish
2. Tarbiyaviy mashg’ulotlarni rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati ko’rsatish
3.Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy mashg’ulotlarning ahamiyatini yoritish.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu Kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan
adabiyotlar ro’xati va o’zaro mazmunan bog’langan 2ta bob va 4 ta bo’limdan iborat.




Download 52.83 Kb.

Share with your friends:
  1   2   3   4   5   6




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page