O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


O‘zbekistonda gaz uyumlarining joylashuvi



Download 1.42 Mb.
Page3/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
1.2.O‘zbekistonda gaz uyumlarining joylashuvi
O‘zbekistonning yer osti qatlami neft-gazlilik uchun katta potensialga ega: uning umumiy maydoni 447,4 ming km2 bo‘lgan hududining 60%i neft va gazga istiqbolli. Hozirgi vaqtda Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-G‘arbiy-Hisor, Surxondaryo va Farg‘ona regionlarida 162 neft va gaz konlari ochilgan, ulardan 92 tasidan mahsulot olinmokda.
Ustyurt platosida juda katta geologik, gidrogeologik va geofizik izlanishlar olib borilmokda, katta hajmda chuqur burg‘ilash ishlari bajarilmokda, mezokaynozoy, perm-trias va qisman keyingi paleozoy cho‘kindilarining kesimi o‘rganilmokda.
Neft-gazlilik ko‘lami dastlabki yura davri cho‘kindilaridan paleozoy davri cho‘kindilarigacha bo‘lgan oraliqni o‘z ichiga oladi, bu davrlarning mahsuldorligi taxminan karbon yoshidagi ohaktoshlar bilan bog‘liq. Bu jinslarning litologiyasi va kollektorlik xossalari haqidagi ma’lumotlar hozircha cheklangan, ammo Qorachalog‘ va Chibin maydonlaridagi ochiq gaz favvoralari bu jinslarning istiqbolli ekanligidan dalolat beradi.
Yura davridagi cho‘kindilarda uglevodorodlar uyumi antiklinal ko‘tarilmalarning gumbaz va qanot qismlaridagi qumli jinslar bilan bog‘liq. Mahsuldori gorizontlarning yotish chuqurligi 2300-3550 m dan iborat. Jinslarning ochiq g‘ovakligi 20-25% gacha boradi, gazli quduklarning ishchi mahsul mikdori kuniga bir necha yuz ming kub metrga teng. Gaz tarkibidagi kondensat mikdori dastlabki yura davri yotqiziklarida 20 g/m3 bo‘lsa keyingi Yura davri yotqichiqlarida 200 g/m3 gacha hatto undan ko‘pga ham ortadi. Hududda 6 ta uglevodorod konlari ochilgan bo‘lib, ulardagi gazning jami geologik zahirasi 50 mlrd.m3, suyuq uglevodorodlarniki esa 6,6 mln t. Regionning asosiy istiqbollari yura davridagi chaqiq jinslardagi qidiruv ishlari, ularda an’anaviy va noantiklinal qopqonlarni izlash bilan bog‘liq. Ayniqsa bu jihatdan Orol zonasi ajralib turadi, u yerda Urga gazkondensat koni ochilgan va ishga tushirilgan.
U yerda chuqur burg‘ilashga 13 ta tutqich tayyorlab qo‘yilgan va 16 nafar neft va gazga istiqbolli tutqichlar topilgan.
Buxoro-Xiva neftgazlilik regionida 110 dan ortiq neft va gaz konlari topilgan. Muhim maqsadli izlov obektlari yuqori yura davridagi karbonatli va ostki bo‘r davridagi chaqiq cho‘kindilar bilan bog‘liq, ular bilan birga keyingi vaqtlarda, o‘rta yura va yuqori paleozoy davri yotqiziqlarida ham izlov ishlari olib borilmokda.
Buxoro-Xiva neftgazli regionida yangi neft va gaz uyumlarini ochish imkoniyatlari hali tugamagan, ayniqsa yaxshi o‘rganilmagan Beshkent hududi zonasida (agar izlanayotgan maydonlar sonining kamliga hisobga olinsa) konlarni ochish koeffitsiyenti yetarli darajada yuqori ya’ni 30%.
Beshkent zonasining muhim xususiyatlaridan biri organogenlardan tuzilgan kellovey-oksfordning karbonatli cho‘kindilarini qalin qatlamini (500 m ortiq) mavjudligidir, ularga birlik maydonga to‘g‘ri keluvchi zahiralarni katta jamlanganligi bilan xususiyatlanuvchi uglevodorodlarni yuqori debitli konlari to‘g‘ri keladi. Masalan, sayozliklarning oolitli fatsiyalarida joylashgan Qandim konining 600 km2 dan ortiq maydonida 150 mlrd. m3 ko‘p gaz zahirasi bor. Ikkinchi tomondan Alan konining gazlilik maydoni jami 37 km2, ammo gaz zahirasi undan ko‘p. Mamlakatimizdagi eng katta neftgazkondensatli konlardan biri Ko‘kdumaloq ham shu mintaqada joylashgan. Alan va Kukdumaloq konlarida uglevodorodlar uyumi oksford yoshidagi yakka rifli tuzilmalar bilan bog‘liq.
Xisor hududi chegarasi shimoliy-g‘arbida Karail-Lyangar fleksurali tuzilmali zonadan, janubiy-g‘arbda Turkmaniston Respublikasining davlat chegarasidan, shimoliy sharqdan - Hisor tog‘ tizmalaridan o‘tadi. Uning chegarasida uglevodorodlarning 13 koni ochilgan, bu konlar yuqori yura davrining karbonat yotqiziqlari bilan bog‘liq.
Neftgazlilik nuqtai nazaridan eng imkoniyati kattasi yuqori yura davridagi tuz osti cho‘kindilaridir, bu cho‘kindilar ohaktoshlar va dolomitlardan, yuqori qismi angidrid qatlamchalaridan tuzilgan. Kollektorlar g‘ovak-yoriq, kovak (bo‘shliq)-g‘ovak, yoriq-kovak shakllarida bo‘ladi. Ochiq g‘ovakliga 3-18%, o‘tkazuvchanligi 0,1-1000 mD. Ulevodorodlarning tarkibiga ko‘ra bu yerda gazkondensatli, neftgazkondensatli va neft konlari
ochilgan. Ularning eng yiriklari Sho‘rtan, Janubiy Tandircha, Jarquduq, Janubiy Kizilbayroq konlari va davomi Turkmanistonga ketadigan to‘siqsimon riflar sistemasi bilan bog‘liq. Mahsuldor gorizontlarning yotish chuqurliga 1200m dan 3500m gacha o‘zgaradi. Hisor hududida chuqur burg‘ilashga 9 ta tutqich tayyorlangan va istiqbolli 29 ta maydon ochilgan.
Surxondaryo hududi g‘arbdan Kelif-Sariqamish tepaligi, shimol va sharqdan Tojikistonning davlat chegarasi, janubdan Amudaryo bilan chegaralangan. Hududning cho‘kindi qoplamasi paleozoyning yuvilgan sirtida yotuvchi kontinental dengiz va laguna genezisli jinslar bilan ifodalangan. Kesimda uchta neftgazli majmualar ajratilgan:
- yura davri, qalinligi 400-800m bo‘lgan yuqori yura davridagi tuz osti karbonatlaridan tuzilgan; bu qalin qatlamning yuqori qismida yotuvchi organogenli turlari kollektorlar hisoblanadi;
- bo‘r (neokom-apt) davri, terrigen va qisman karbonatli kollektorlar bilan ifodalangan; qumtoshlarning ochik g‘ovakligi 12 dan 30% gacha, o‘tkazuvchanligi 3 dan 5000 mD gacha (ko‘proq 300-600 mD orachig‘ida), ohaktoshlar qatlariniki mos ravishda 9-11% va 5-30 mD;
- paleogen davri, paleotsen va qumli-karbonatli davrlarining darzli karbonatli kollektorlarini o‘z ichiga oladi, bu kollektorlar gilli qalin qatlam bilan yopilib turadi. Ularning g‘ovakligi 10-25% va o‘tkazuvchanliga 200-250 mD.
Hududda yura davridagi yotqiziklar istiqboli Gajak maydonida yuqori yura davridagi karbonatlarda ulkan gaz uyumi ochilgandan so‘ng, shuningdek Buxoro-Xiva hududidan va Hisorning janubiy-g‘arb tizmalaridaga karbonatli yura davri yotqiziklarining yuqori mahsuldorligi tufayli juda yuqori baholanadi.
Surxondaryo hududida 11 ta neft va bitta gaz koni ochilgan, seysmik qidiruv natijasida izlov burg‘ilashga 30 ta obekt tayyorlangan, 31 ta obekt aniqlangan va ochilgan.
Farg‘ona neftgazli hududi tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan, maydoni 16,0 ming km2 bo‘lgan yirik botiqlik, Tyan-Shanning ichki manfiy tuzilmasida yotadi.
Farg‘onaning gazli hududi chegarasidagi O‘zbekiston Respublikasi maydonida 28 ta neft koni ochilgan, ulardagi uyumlar paleozoy, yura, bo‘r, paleogen va neogen davridagi yotqiziklar bilan bog‘liq. Farg‘ona hududi juda murakkab tuzilishga ega, undagi tutqichlarning joylashish zichligi va ularning turlari bo‘yicha, mahsuldor yotqiziqlarning yotish chuqurligi va uzilmalar bilan murakkablashganlik darajasi bilan katta farq qiluvchi tuzilmali mintaqalar mavjud. Janubiy va Shimoliy pog‘ona va Markaziy graben deb nomlangan chekka va markaziy qismlar bir-biridan aniq ajralib turadi.
Markaziy graben zonasida neft uyumlari bir necha maydonlarda (Mingbuloq, Shimoliy Niyozbek, Qaroqchiqum, Maxram, Gumxona, Voriq) paleozoy davri yotqiziklaridan neogen davri yotqiziqlarigacha bo‘lgan juda katta stratigrafik diapazonda topilgan. Bundan tashqari Farg‘ona botiqligining chekka zonalarida ham neft uyumlarini topish istiqbollari bor.
Geologiya qidiruv ishlari mustaqillik yillarida yanada rivoj topmoqda, neft va tabiiy gaz ishlab chiqarish keskin ortdi. Tabiiy gaz eksporti yil sayin ortib bormoqda. Mustaqilligimiz tufayli qo‘lga kiritgan muvofaqiyatlarimiz, qolaversa, mamlakatimiz olimlari, neftgaz konlarini qidiruvchilar va konchilarning, quruvchilvrning, umuman sohaning fidokorona ishchi va xizmatchilarining matonatli mehnatlari natijasida ochilgan yangi konlar, ishga tushirilgan yangi inshootlar, magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalarida o‘z timsolini topgan.

Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page