Vaqti: 2 soat
|
O‘quvchilar soni:
|
O‘quv mashg‘ulot shakli va turi
|
Nazariy-yangi bilimlarni egallash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot.
|
O‘quv mashg‘ulot rejasi
|
1.O‘quv predmetiga kirish.
2.Biologiya fanlar tizimi.
3. Biologiyaning ilmiy-tadqiqot usullari va uning muammolari.
4. Biologiya fanining nazariy va amaliy ahamiyati.
5. Hayot xossalari.
6. Ta’sirlanish va tiriklikning xossalari hamda hayotning tuzilish darajasi.
|
Mashg‘ulotning maqsadi: Biologiya fanining maqsadi, vazifalari, ilmiy-tadqiqot usul, muammo va fanning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, uning qonuniyatlari haqidagi tushunchalarni shakllantirish.
|
O’qitish natijasi
|
Biologiya hayot haqidagi fan ekanligini o’quvchilar ongiga singdirish
|
Pedagogik vazifalar
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
|
O‘quv predmetiga kirish
Biologiya fanlar tizimi
bilan tanishtirish.
Biologiyaning ilmiy - tadqiqot usul va muammolarini keng yoritib berish.
Biologiya fanining nazariy va amaliy ahamiyatini misollar orqali ochib berish.
Hayot xossalari bilan tanishtirish.
Ta’sirlanish va tiriklikning xossalari hamda hayotning tuzilish darajasini tushuntirish.
|
O‘quv predmetining tarkibini ifodalaydi.
Biologiya fanlar tizimini aytib beradi.
Biologiyaning ilmiy-tadqiqot usullari va uning muammolarini tartibli ravishda ochib beradilar.
Biologiya fanining nazariy va amaliy ahamiyatini izohlab beradi.
Tirik tabiatning hossalarini hamda o‘z-o‘zini yaratish xossasini aytib beradi.
Ta’sirlanish va tiriklikning xossalari hamda hayotning tuzilish darajasini aytib beradi.
|
O‘qitish metodlari
|
Axborotli -ma’ruza, tushuntirish, namoyish
|
O‘qitish vositalari
|
Mavzu matni, slaydlar, proektor toifalash jadvali, insert jadvali,mavzuga oid plakatlar.
|
O‘quv faoliyatining tashkil etish shakllari
|
Ommaviy, jamoaviy.
|
O‘qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya
|
Qaytar aloqaning usul va vositalari.
|
Og‘zaki nazorat: savol-javob, tezkor so‘rov, baho tizimi asosida baholash.
|