Retrotranspozonlar- DNK ning bir bo'lagi bo'lib, ular tuzilishi jihatidan RNK-tutuvchi viruslarni eslatadi. Bunday elementlar o'zlaridan teskari transkriptaza yordamida o'z nusxasini sintezlab, bu nusxani DNKning boshqa joyiga ko'chib o'tishi (insersiyalanishi)ni ta'minlaydi. Ko'chish davomida retrotranspozonlarning eski nusxasi o'z joyida qoladi va faqat ularning nusxasigina ko'chiriladi. Natijada DNK miqdor jihatdan ko'payadi.
Uchinchi turdagi ko'chib yuruvchi elementlar - retropozonlar deb ataladi.
Retropozonlar- ko'chish mexanizmi bo'yicha retrotranspozonlarga o'xshaydi, ya'ni ularning nusxalari sintezlanib, boshqa joyga ko'chadi. Biroq asosiy farq ular tuzilishi jihatidan viruslarga mutlaqo o'xshamaydi va nusxa ko'chirish uchun o'zlarida teskari transkriptaza fermentiga ega emas. Bu uch turdagi ko'chib yuruvchi elementlar organizmlar genomining ko'p miqdorini tashkil qiladi. O'simliklar genomining qariyb 50 foizi transpozon, retrotranspozon va retropozonlardan tashkil topgan. Masalan, makkajo'xori donlarida antotsian (qizil) pigmentning paydo bo'lib yo'qolishi antotsian rangni beruvchi gen ichidagi transpozonning ko'chishi bilan izohlanadi.
Aniqlanishicha, transpozonlar va retrotranspozonlar bu elementlarning ko'chib yurishini belgilovchi transpozaza fermenti yoki nusxa ko'chiruvchi teskari transkriptaza fermenti genlarini o'zida tutadi va ko'chib o'tish uchun qulay bo'lgan yopishqoq uchlarga ega. Biroq bunday birliklarning fenotipik namoyon bo'lishi, ular biror funksional genga birikkanda yaqqol ko'rinadi.
Odatda yashash muhiti keskin o'zgarganda transpozonlarning ko'chib yurishi ortadi. Shu sababdan ko'chib yuruvchi genetik elementlar ishtirokida gen muhandisligiga asoslangan ko'pgina biotexnologik jarayonlar yaratilgan.
ITayanch so'zlar:genlar majmuasi, rekombinant gen, transformatsiya,transmissibl plasmid, avtonom plazmidlar, transpozonlar,^^ retrotranspozonlar, retropozonlar, insersiya.
Savol va topshiriqlar:
1.Genetik injeneriya qanday fan?
2.Genetik injeneriya fanining paydo bo'lishi va uning maqsadlari haqida so'zlab bering.
3.Genetik injeneriya tadqiqot obyektlari nimalardan iborat?
4.Fanning rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz? 5.Plazmidlar asosan qanday genlardan tuzilgan?
2. Qaysi toifa plazmid qanday qilib bakteriyalarning antibiotikka chidamliligini tez amalga oshiradi?
Transmissibl va avtonom plazmidalaming hujayra irsiyatiga ta'sirini tushuntiring.