Tasdiqlayman


HUJAYRA MUHANDISLIGI ASOSIDAHAYVONLAR IRSIYATINI O'ZGARTIRISH. GIBRIDOMA



Download 2.96 Mb.
Page112/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
HUJAYRA MUHANDISLIGI ASOSIDAHAYVONLAR IRSIYATINI O'ZGARTIRISH. GIBRIDOMA
Hujayra va gen muhandisligi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun ham tatbiq etilgan. Bu yo'nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri yuqori xo'jalik va genetik ko'rsatkichlarga ega bo'lgan qoramol zotlari tuxum hujayrasining ko'plab hosil bo'lishiga erishish edi. Ma'lumki, sigirlar bir yilda faqat bir dona, ba'zan 2 dona tuxum hujayra hosil qiladi. Shu sabab nomdor qoramol zotini zudlik bilan ko'paytirish imkoni bo'lmagan. Ko'p miqdorda yuqori sifatli sut beruvchi qoramolga ma'lum gormon inyeksiya qilinib, ko'plab tuxum hujayra olishga erishiladi. Bu tuxum hujayralar bachadondan olinib, sun'iy urug'lantiriladi va hosil bo'lgan zigota xo'jalik ahamiyati kam, xashakisigir bachadoniga kiritiladi, ya'ni implantatsiya qilinadi. Natijada xashaki o'gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli avlod olinadi. Bu biotexnologiya bizning mamlakatimizda ham qo'llaniladi. AQSHning dunyoga mashhur Monsanto kompaniyasi gen muhandisligi usuli bilan o'sish gormonini (growth hormone) ishlab chiqarib, sigirlarga inyeksiya qildi va shu yo'l bilan sigirlardan sog'iladigan sut miqdorini oshirishga erishdi.
Zigota (urug'langan tuxum hujayra)ga har xil genlarni mikroinyeksiya qilib, transgen sichqon yoki kalamush olish ko'plab laboratoriyalarda bajarildi. Mamlakatimizda akademik J. H. Hamidov rahbarligida shu usulni qo'llab, quyon zigotasiga o'sish gormoni geni kiritildi va odatdagiga nisbatan yirik va tez o'suvchi transgen quyon olindi.
Hayvonlarni klonlash. Bir bakteriya hujayrasi bo'linishi natijasida hosil bo'lgan bakteriya koloniyasiga klon deb aytiladi. O'simliklarning kloni bir hujayradan sun'iy sharoitda ko'paytirilib yoki vegetativ ko'paytirish usuli bilan olinadi. Yuksak hayvonlar vegetativ yo'l bilan ko'paymasligi sababli ularning klonini olish yaqin kunlargacha muammo bo'lib kelar edi.
1977-yili J.Gyordon tomonidan hujayra muhandisligini qo'llash natijasida yuksak hayvonlar klonlarini yaratish biotexnologiyasi ishlab chiqildi. 1997-yil Shotlandiyaning Roslin instituti olimlari qo'yning klonini yaratdilar. Bu tajribaga qadar yadrosi olib tashlangan zigotaga boshqa embrional hujayradan olingan yadro ko'chirib o'tkazilar va hosil bo'lgan transplant tuxum hujayra o'gay ona bachadoniga kiritilar (implantatsiya qilinar) edi. Shotlandiyaning Roslin instituti olimlari erishgan natijalarning J. Gyordon tajribasidan farqi shundaki, ular ilk bor yadrosi olib tashlangan zigotaga voyaga yetgan organizmning somatik hujayrasidan ajratilgan yadroni kiritib, yetuk organizm oldilarGibridomalar. Hujayra muhandisligi rivojlanishi gibridomalar olish biotexnologiyasini vujudga keltirdi va monoklonal antitanalar sintez qilish imkonini yaratdi.
Ma'lumki, normal hujayralar juda sekin bo'linib ko'payadi va ularning bo'linishi cheklangan. Rak hujayralar esa tez va cheksiz bo'linadi. Biror foydali oqsil sintezlovchi normal hujayra biomassasini sun'iy sharoitda ko'paytirib, shu oqsil moddani ko'plab ishlab chiqarsa bo'ladi. Lekin normal hujayralardan yetarli biomassa olish cheklangan bo'lganligi uchun bunday muammolar o'z yechimini topmagan edi.
1975-yilda ingliz olimlari Keler va Milshteyn sun'iy sharoitda antitana sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan cheksiz va tez bo'linuvchi rak hujayrasini bir-biriga qo'shish natijasida tabiatda uchramaydigan gibrid hujayra yaratdilar. Bunday gibrid hujayra gibridoma deb ataladi. Natijada sun'iy sharoitda antitana sintez qiluvchi hujayraning cheksiz ko'payishiga erishildi.
Gibridoma hujayrasini maqsadga muvofiq har qanday hujayrani rak hujayrasi bilan biriktirish yo'li bilan hosil qilish mumkin. Bu texnologiyanihozirgi kunda qimmatbaho oqsil regulatorlar, antitana va gormonlar sintezida gen muhandisligi bilan barobar ishlatish mumkin. Shuning uchun hujayra mu- handisligiga asoslangan biotexnologiyaning imkoniyati cheksiz hisoblanadi.

Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page