Tasdiqlayman



Download 2.96 Mb.
Page97/132
Date10.10.2024
Size2.96 Mb.
#64703
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   132
Biologiya fanidan o\'qitish materiallari to\'plami(1) - копия
songs, 6-sinf Tarbiya BSB-2, 6-sinf Tarbiya BSB-2, Seminar 9
Chala dominantlik. G. Mendel tomonidan o'tkazilgan bu tajribada bir belgi ikkinchi belgi ustidan to'liq dominantlik qiladi. Ammo organizm belgilarining irsiylanishida to'liqsiz dominantlik hodisasi ham uchraydi.
Ingliz olimi U. Betson o'z tajribalaridan birida qora(AA) va oq(aa) patlarga ega tovuq zotlarini o'zaro chatishtirdi. Olingan Fx avlod (Aa)ning hammasi havorangli patga ega bo'lgan. F2da esa duragaylar 3 xil fenotipik sinfga ajralish beradi, ya'ni J/4 qismi qora, 2/4 qismi havorang, V4 qismi oq bo'ldi.Genotipik va fenotipik ajralish nisbati 1:2:1 bo'ldi.
G'o'zada tolaning rangi (qo'ng'ir - AA, novvotrang - Aa, oq - aa), na- mozshomgulda gultojibarglarning rangi (qizil - AA, pushti - Aa, oq - aa), odamlarda soch tolasining (jingalak - AA, taram-taram - Aa, silliq - aa) irsiylanishi oraliq xarakterga ega (45-rasm).
Ko'p allellilik. G. Mendel tadqiqotlaridan keyin ko'p vaqt o'tgach, «domi­nant gen» va «retsessiv gen» tushunchalari nisbiy ekanligi ma'lum bo'ldi. Biror belgi genining dominant, retsessiv deb atash mumkin bo'lmagan boshqacha «holatlar»i bo'lishi ham mumkin. Gen mutatsiyalari natijasida yuqoridagi holatlarning ikkita emas, uchta yoki undan ortiq allellari paydo bo'lish hodisasi ko'p allellilik deyiladi.
Kodominantlik. Somatik hujayralarda ikkitadan allel genlar bo'ladi: ular ota-onadan o'tgan. Ko'p allellilikda bunday genlar «xillari» bitta populatsiyaga mansub har xil organizmlarda ota-onadan qaysi genlar o'tganligiga qarab turlicha bo'ladi. Masalan, odamda qon guruhi uchta allel (A, B, 0) ga ega bo'lgan gen bilan belgilanadi. Bunda A va B - dominant allellar, 0 esa retsessiv allel. Shunday qilib, odamlarda bu allellarning quyidagi kombinatsiyalari uchraydi: 00 - birinchi, AA va A0 - ikkinchi, BB va B0 - uchinchi, AB - to'rtinchi qon guruhi. Allel genlarning birgalikda biror belgining rivojlanishiga bunday ta'siri kodominantlik deyiladi.
Tayanch so'zlar: irsiyat, o'zgaruvchanlik, gibridologik, alternativ, bekkross.
G. Mendelning I qonuni, G. Mendelning II qonuni, ko'p allellilik, kodominantlik.

Download 2.96 Mb.

Share with your friends:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   132




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page