Yashil iqtisodiyot



Download 16.69 Kb.
Date02.02.2024
Size16.69 Kb.
#63409
yashil iqtisodiyot gul

TATU Nurafshon filliali Kompyuter injiniringi fakulteti 210-21 guruh talabasi Maftuna Tursunmurotovaning “Yashil iqtisodiyot ” fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI

Ustoz: Yuldashev Inoyat


Talaba: Maftuna Tursunmurotova

Nurafshon-2023



Mavzu: Iqlim o’zgarishlari oqibatlariga moslashish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yo’llari

Iqlim o‘zgarishlari oqibatlariga moslashish va tabiiy


resurslardan oqilona foydalanish yo‘llari
Global iqlim o‘zgarishi natijasida Markaziy Osiyoda so‘nggi 50-60 yil
davomida muzliklar maydoni taxminan 30%ga qisqargan. Taxminlarga ko‘ra,
harorat 2Cga ortganda muzliklar hajmi 50%ga, 4C ga isiganda esa 78%ga
kamayadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050 yilgacha Sirdaryo havzasida suv resursi
5%ga, Amudaryo havzasida 15%gacha kamayishi kutilmoqda. O‘zbekistonda 2015
yilgacha bo‘lgan davrda suvning umumiy taqchilligi 3 mlrd. m
3 dan ortiqni tashkil qilgan.
Respublika hududi o‘ziga xos tuproq va iqlim sharoitiga ega bo‘lib,
tabiiy drenajning yetishmasligi, yer osti suvlari minerallashuvi
darajasining yuqoriligi natijasida bir qator hududlar “birlamchi
sho‘rlangan”. Shu bilan birga, suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik va
boshqa antropogen omillarning salbiy ta'siri natijasida ayrim
hududlarda yerlarning “ikkilamchi sho‘rlanishi” kuzatilib, 45,7 foiz
sug‘oriladigan yer maydoni turli darajada sho‘rlangan 309
.
Mamlakatimizda iqlim o‘zgarishlariga moslashish va resurslardan
oqilona foydalanish masalalari hukumat tomonidan tarmoqlar va sohalar
darajasida ishlab chiqilgan va amaliyotga tadbiq etilayotgan maqsadli davlat
dasturlarida o‘z ifodasini topmoqda.
Suv resurslaridan oqilona foydalanish. O‘zbekiston Respublikasi
suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan
konsepsiyasida suv resurslaridan oqilona foydalanishning quyidagi
maqsadli ko‘rsatkichlari qabul qilindi:
- zamonaviy suv tejovchi sug‘orish texnologiyalardan foydalanish
ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishida qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish 175 ming
gektardan 2025 yilgacha 1 million gektarga, 2030 yilga kelib 2 million
gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi 77,4 mingdan
2025 yilgacha 300 ming gektargacha va 2030 yilga kelib 600 ming gektargacha
yetkazilishi;
- sho‘rlangan maydonlar 1 948 ming gektardan 1 722 ming gektarga, o‘rta
va yuqori sho‘rlangan yerlarni 607 ming gektardan 430 ming gektargacha
qisqartirilishi;
- sizot suvlar sathi muammoli darajada (0 — 2 metr) bo‘lgan
sug‘oriladigan yer maydonlari 1 051 ming gektardan 773 ming gektargacha
kamaytirilishi;
- foydalanishdan chiqqan 298,5 ming gektar sug‘oriladigan yerlar 2025
yilga kelib qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritilishi;
Chiqindilarni boshqarish. Hisob-kitoblarga ko‘ra O‘zbekistonda
qattiq maishiy chiqindilar (QMCh) hosil bo‘lishining yillik hajmi prognozi
14-14,5 mln tonna atrofida baholanadi. Aholining o‘rtacha 1,5%ga ko‘payish
sur'atini hisobga olganda esa, ushbu ko‘rsatkich 2028 yilga kelib 16-16,7 mln
tonnaga yetishi mumkin.
Mutaxassislarning ma'lumotiga ko‘ra, Respublika hududlarida har
yili, 100 mln. tonna sanoat va 30 mln. m3 maishiy chiqindilar ishlab
chiqariladi. Uning morfologik tarkibi o‘rganilganda, chiqindilar tarkibida
5-10% qog‘oz, yog‘och chiqindilari; 20-45% - oziq-ovqat; 3% -metall; 5-10%
to‘qimachilik chiqindilari, teri, rezina; 2% - shisha, shuningdek, plastmassa
mahsulotlari chiqindilari tashlab, ko‘mib yuboriladi.
2022 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davrda respublika shaharlarining
ko‘p kvartirali turar joy sektorida quyidagilar uchun besh turdagi alohida
belgili konteynerlar o‘rnatish asosida QMChni saralab yig‘ishni joriy etish
ko‘zda tutilmoqda:
- qayta ishlanadigan QMCh (polimerlar, qog‘oz va metall);
- organik QMCh (oziq-ovqat va boshqa biologik chiriydigan
materiallar);
- qayta ishlanmaydigan QMCh (kompozitli materiallar, tozalanmagan
materiallar va boshqa aralash QMCh);
- xavfli maishiy chiqindilar (akkumulyatorlar, batareykalar, tibbiyot
chiqindilari va boshqalar);
- shisha idish buyumlari.
- maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish:
- aholini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish
bo‘yicha xizmatlar bilan qamrab olish ko‘lamini 100 foizga yetkazish;
hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarning kamida 60 foizini
qayta ishlashni ta'minlash;
- o‘ziga xos qattiq maishiy chiqindilarni (tarkibida simob bo‘lgan
chiqindilar, avtoshinalar, akkumulyatorlar, ishlatilib bo‘lingan moylar,
qadoqlash chiqindilari va h.k.) qayta ishlash hajmini 25 foizgacha oshirish;
- poligonlarga ko‘mish uchun yo‘naltiriladigan qattiq maishiy
chiqindilar hajmini 60 foizgacha kamaytirish;
- barcha poligonlar holatini o‘rnatilgan talablarga
muvofiqlashtirish, yopilgan poligon yerlarini to‘liq rekul'tivasiya qilish;
- qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish
ob'ektlarida muqobil energiya manbalaridan 35%gacha foydalanish;
- poligonlar holati monitoringini (er osti (sizot) suvlari va
atmosfera havosining holati ustidan nazorat) 100%gacha ta'minlash.
O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizasiya qilish va tuzilmaviy qayta
qurish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish, atrof-muhit holatini yanada
yaxshilash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida
quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish katta ahamiyat kasb etadi:
– aholi va iqtisodiyot uchun kafolatlangan ekologik xavfsizlik
tizimini yaratish;
– ekologiya sohasida innovasiyalarni ishlab chiqish, joriy etish asosida
texnologik jarayonlar va tabiatni muhofaza qilish faoliyatini
takomillashtirish;
– atrof-muhitning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati natijasida
chiqindilar bilan ifloslanishi oldini olish;
– atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish
sohasida qonunchilik, normativ-uslubiy bazani barqaror rivojlantirish
maqsadida ekologik ta'limni rivojlantirish;
– tabiiy resurslardan foydalanish masalalari hamda texnologiyalarni
tatbiq etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, “yashil” investisiyalarni
jalb qilish va ekologik o‘zgarishlarga moslashish uchun tegishli iqtisodiy
mexanizmlar yaratish masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish;
– rivojlanish sohasida rejalashtirilayotgan tijorat va boshqa turdagi
loyihalarning atrof-muhitga ta'sirini baholash (ekologik ekspertiza)
tizimini takomillashtirish;
– tabiiy boyliklardan foydalanishni rasionallashtirish bilan birga
ekologik nazorat va monitoringning turg‘un tizimini yaratish;
– ekologik soliqlarni takomillashtirish va ekologik talablarni
hisobga olgan holda davlat tomonidan xarid qilish va “yashil
investisiyalar”ni jalb etish asosida “yashil texnologiyalar”ni
rivojlantirish uchun yangi moliyaviy vositalarni joriy etish;
– atrof-muhit sifatini yaxshilash va yangi “yashil ish o‘rinlari”ni
yaratishga qaratilgan soha va tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash;
– iqlim o‘zgarishlari va tabiiy muhitning transchegaraviy
ifloslanishi oldini olish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish.
Download 16.69 Kb.

Share with your friends:




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page