Fan Tarixdan hikoyalar I. Mavzu


Minoraning balandligi 50 metr bo‘lib, pishgan g‘ishtdan terilgan. Minora tepasiga uning ichiga qurilgan 104 ta aylanma zina orqali chiqilgan



Download 4.89 Mb.
Page96/156
Date11.01.2023
Size4.89 Mb.
#60342
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   156
5 синф тарих
Minoraning balandligi 50 metr bo‘lib, pishgan g‘ishtdan terilgan. Minora tepasiga uning ichiga qurilgan 104 ta aylanma zina orqali chiqilgan.
Minorai Kalon hamon savlat to‘kib, qad ko‘tarib turibdi.
Registon majmuasi. Registon majmuasi Samarqandning Registon may- donidajoylashgan. U Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat me’­moriy yodgorlikdir.
Ulug‘bek madrasasi XV asrda qu­rilgan. Madrasalaming qolgan ikkitasi - Sherdor va Tillakorini XVII asrda Sa­marqand hoki mi Yalangto‘sh Bahodir qurdirgan. Ulug‘bek madrasasi hov- lisining atrofi ikki qavatli hujralar bilan o‘ralgan.
Oqsaroy. Oqsaroy obidasi hozirgi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida joylashgan. Uni buyuk bobomiz Amir Temur onasining sharafiga qurdirgan. Obida naqshlariga berilgan ranglar oy yorug‘ida jilolanib, oqarib turganligi uchun Oqsaroy deb atalgan.
U o‘z davrining eng go‘zal va salobatli me’moriy inshooti edi. Oqsaroyning balandligi 50 metrni tashkil etgan. Oqsaroy tepasiga aylanma zinalar orqali chiqilgan. Oqsaroy devonxonasi peshtoqiga Quyosh, arslon va Amir Temur davlatining uch halqa shaklidagi tasviri tushirilgan. Ayniqsa, Oqsaroy tomi tepasiga barpo etilgan hovuz saroyning eng noyob jihati edi. Bu hovuzga suv dovondan qo’rg’oshin quvurlar orqali olib kelingan. Hovuzdagi ortiqcha suv sharshara hosil qilish yo‘li bilan pastga oqizilgan.
Oqsaroyning go'zalligi va salobati hatto chet elliklarni ham hayratga solgan. Hatto mohir ustalari jahonga mashhur bo'lgan Parijda ham bu ish juda go'zal hisoblangan bo'lar edi.
Klavixo, Ispaniyaning Amir Temur davlatidagi elchisi.
O'z davrida dunyoni lol etgan Oqsaroydan hozirgi kunda ulkan peshtoqning ikki chekkasidagi minora va poydevorining bir qismigina saqlanib qolgan, xolos.
Ichan qal’a. Jahonning durdona yodgorliklaridan biri bo'lgan Ichan qal’a- Xiva shahrining ichki qismidir. U o'tmishdaajdodlarimiz mohirlik bilan bunyod etgan 54 ta noyob tarixiy me’ moriy obidalar majmuasidan iborat. Bu majmua Ko'hna Ark (arzxona), madrasalar, masjidlar, maqbaralar va boshqa shu kabi inshootlarni o'z ichigaoladi.
Dunyoda bunday noyob va go'zal obidalari bilan saqlanib qolgan shaharlar juda kam. Shuning uchun ham 1961-yildayoq majmua Ichan qal’a muzey - qo'riqxonasiga aylantiiilgan. Bu muzey - qo'riqxonaning maydoni 26 gektami tashkil etadi. 1990-yilda esa xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bilan Ichan qal’a jahon merosi ro'yxatiga kiritildi.

Download 4.89 Mb.

Share with your friends:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   156




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page