O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi


GEOSI va quduqlarni ishlashini nazoratga olish



Download 1.42 Mb.
Page30/64
Date28.12.2023
Size1.42 Mb.
#63055
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64
Gaz qazib olish va yer ostida saqlash
8.3. GEOSI va quduqlarni ishlashini nazoratga olish
GEOSIni barpo etish va ishlatishni nazorat qilish quyidagilarni nazarda tutadi:
a) gazni haydash va olishda izobarlar xaritalarini tuzish;
b) haydash (olish) bosimi, ishlatish quduqlarining gaz haydash va olish sikllari bo‘yicha mahsuldorligi (debiti)ning o‘zgarish grafiklarini tuzish;
v) sikllar bo‘yicha faol hajmdan gaz olish sur’atlari va davomiyligini ifodalovchi bog‘liqliklar, neytral davr davomiyligi va boshqa omillarni aniqlash.
Ko‘rsatilgan aniqliklar va grafiklar tuzish ishlari uchun muntazam ravishda quduqlarda ustki va qatlam bosimlari, gaz yig‘ish punktida harorat va gaz sarfi, quduqlar bo‘yicha gazga to‘yinish oraliqlari va miqdorlari, suv omili va gaz oqimidagi mexanik aralashmalar miqdori o‘lchanadi.
Ishlatish quduqlari bo‘yicha qatlam bosimini o‘lchash davriyligi geologiya xizmati tomonidan haydash va olish sur’atlari, gazni oqish va qatlam suvlarining kirish sharoitlari, gazga to‘yingan maydon o‘lchamlari va mazkur GEOSI uchun xos bo‘lgan boshka omillarga qarab belgilanadi.
GEOSIning germetikligini baholash uchun bosim (sath)ning davriy nazorat o‘lchovlari yuqorida joylashgan suvli gorizontlarga burg‘ilangan kuzatuv quduqlari orqali bajariladi. Bunda gidrat hosil bo‘lish holati (gaz kirganda) yo‘qligiga hamda quduq tanasi va nazorat gorizonti o‘rtasida aloqaning borligiga ishonch hosil kilish talab etiladi.
Izobarlar grafigini tuzish, sun’iy gaz qatlamining ish rejimini aniqlash uchun zarur bosim o‘lchovlari gazni qatlamga haydash to‘xtatilgandan keyin, qatlamdan gazni olish boshlanishidan oldin va gaz olish to‘xtatilgandan so‘ng pyezometrik, kuzatuv va ishlatish quduqlari orqali bajariladi. O‘lchovlarni boshlash vaqti va chuqurlikda bosimni o‘lchash bo‘yicha ish hajmlari geologiya xizmati tomonidan GEOSIni ishlatish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi ilmiy tashkilot bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Murakkab tuzilgan strukturalar va bir-biri bilan bog‘liq massivli tutamlarda sun’iy uyumlarni shakllantirish uchun, shuningdek, vertikal bo‘yicha bosimning taqsimlanishi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi kerak. Shu maqsadda kuzatuv quduqlarining bir nechta solishtirish juftligi qurilishi, ulardan biri qatlamning ustki qismini, boshqasi quyi qismini ochishi kerak. Bu quduqlar kuzatuv funksiyasini bajargandan keyin ishlatish quduqlariga o‘tkazilishi mumkin.
Turli ko‘rinishdagi gaz sarflari va yo‘qotilishlar (quduqlarni sinovdan o‘tkazish, gaz yoki havo bilan tozalash, avariyaviy favvoralanish va gazning konturdan chiqishi yuz berganda) majburiy tartibda hisobga olinishi, jurnallarda qayd etilishi va tegishli gazni hisobdan chiqarish dalolatnomalarida aks ettirilishi kerak.
GEOSI uchun qatlamlar orasidagi oqimlar natijasida hosil bo‘lgan ikkilamchi (texnogen) uyumlardan foydalanish imkoniyati «Sanoatgeokontexnazorat» DI bilan kelishiladi. Texnologik operatsiyalar uchun gaz sarflari esa tasdiqlangan meyorlarga muvofiq hisobdan chiqariladi.
Gaz-kon xizmati xodimlari tomonidan ishlatish, yutuvchi, tushiruvchi va boshqa texnologik quduqlarning holati va ishlashi ustidan tezkor kuzatuv grafiklari tuziladi. Quduqning texnologik ish rejimi o‘zgarishi bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rilishi, yer osti boyliklari va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir chora-tadbirlarga qat’iy rioya kilinishi, GEOSIni ishlatish jarayonida yuzaga keladigan murakkabliklar bartaraf etiladi.
Ishlatish quduqlari ustidan nazorat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) ishlatish quduqlari fondining holatini kuzatish;
b) quduqlar bo‘yicha sarf, bosim va haroratning o‘zgarishini kuzatish;
v) birikmalar orasidagi bosim (agar mavjud bo‘lsa)ni qayd etish;
g) qum, suv va boshqa aralashmalar chiqishini kuzatish;
d) muntazam ravishda gaz, suv (suyuqlik) namunalarini olish va tahlil qilish.
Kundalik kuzatuvlar bilan bir qatorda GEOSIni siklik ishlatish jarayonida gaz quduqlarida muntazam tadqiqotlar o‘tkaziladi. Bunday tadqiqotlar joriy, nazorat va maxsus turlarga ajratiladi.
Joriy tadqiqotlar texnologik ish rejimini belgilash va quduqlarning mahsuldorlik xususiyatlari va tub oldi zona holatini tekshirish maqsadida olib boriladi.
Nazorat tadqiqotlari alohida quduqlarning holatini tanlab tekshirish maqsadida olib boriladi.
Maxsus tadqiqotlar quduqlarni va saqlash inshootlarini ishlatish sharoitiga va mahsuldorlik tavsifiga ta’sir qiluvchi sabablarni aniqlash maqsadida olib boriladi.
Nazorat va maxsus tadqiqotlarda kollektor-qatlamning buzilishi va yuzaga qum chiqishi sabablari, shuningdek quduqning tanasi va tub oldi hududida suyuqlikning mavjudligi aniqlanadi. Bu tadqiqotlar chuqurlik asboblari va maxsus apparatlardan foydalangan holda separatsiya qurilmasi yordamida bajariladi.
Quduqlarni turli rejimlarda, ayniqsa sarf miqdori katta bo‘lgan holatlarda, tadqiq etishda gazning quvur uzatkichga, gaz yig‘ish kollektoriga yoki tegishli utilizatorga yuborilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Gazni atmosferaga chiqarish faqat istisno hollarda, ya’ni gaz yig‘ish kollektoridagi bosim zaruriy sarf va depressiya diapazoniga ega bo‘lish imkonini bermasa yoki quduqni gaz yig‘ish punktiga ulangunga qadar ruxsat etiladi.
Pyezometrik va kuzatuv quduqlari orqali vaqti-vaqti bilan tubning holati tekshirib turilishi va zarur hollarda tiqinlar bartaraf etilishi yoki kuzatuv ishlari uchun foydalaniladigan qatlam oralig‘ida birikma perforatsiyalanishi lozim.
Har bir kuzatuv qudug‘i bo‘yicha bosimning vaqtga, haydalgan va olingan gazga bog‘liqlik grafiklari tuzilishi lozim.
Kon-geofizik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun GEOSIning geologiya xizmati tomonidan texnologik sxemani ishlab chiqqan loyiha tashkiloti bilan birgalikda ushbu ishlarni bajarish dasturi tuziladi.

Download 1.42 Mb.

Share with your friends:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page