Tadbirkorlik asoslari


Kichik korxonalarning xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar



Download 177.5 Kb.
Page2/11
Date08.05.2024
Size177.5 Kb.
#64203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
tadbirkorlik

2. Kichik korxonalarning xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar


Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish korxona faoliyatining oxirgi natijasi qisoblanadi. Kichik korxonalar uchun sotilgan (haridorlarga ortib jo’natilgan va ular tomonidan haq to’langan) mahsulot hajmi pul tushumini ta’minlashga, ishlab chiqarish harajatlari va boshqa zaruriy sarflarning o’rnini qoplashga imkon beradi. Bundan tashqari, pul tushumining tarkibida foyda ham mavjud bo’ladi. Undan korxona tomonidan ishlab chiqarishni kengaytirish, moddiy rag’batlantirish fondlarini yaratish, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun foydalaniladi. Iste’molchi mahsulot sotilishi natijasida ishlab chiqarish vositalari yoki iste’mol mollari ko’rinishidagi zaruriy mahsulotni oladi.
Korxonalar mahsulotlarini sotishda ayrim kamchiliklarga ham yo’l qo’yadi. Xususan, ayrim hollarda sotish rejasini oshirib bajarish bilan birga mahsulotlarning ayrim turlarini haridorlarga belgilangan muddatlarda etkazib berish rejasi bajarilmaganlik hollari uchraydi. Bu korxonaning o’ziga (u penyalar va jarimalar to’laydi) va haridorga zarar keltiradi. Shuning uchun sotish rejasining bajarilishi mah­sulot etkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini hisobga olish bilan tahlil qilinadi. Bunda bitta haridorga etkazib berish rejasining oshirib bajari­lishi boshqa haridorlarga etkazib berish rejasining bajarilmaganligiga sabab bo’lganligi hisobga olinadi. Shuning uchun shartnoma majburiyatlari rejasini bajarilishi 100% dan oshib ketmasligi kerak.
Sotish hajmi tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va uni o’z vaqtida sotishga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Tovar mahsuloti mahsulotni sotish ko’rsatkichlarida sotilmagan mahsulotlarning o’zgaruvchan qoldiqlarining o’zgarishi bilan aks ettiriladi. Mahsulotlar sotilishining bir maromdaligini ta’minlash uchun korxona-lar tayyor mahsulotlarning zarur hajmiga ega bo’lishlari kerak. Ammo amaliyotda sotilmagan mahsulotlarning haqiqiy qoldiqlari me’yoriy qoldiqlardan ancha oshib ketish hollari ham uchraydi. Bu hisobot davrida mahsulotning sotilish hajmini ancha kamayishiga olib keladi. Mahsulot sifatining etarlicha yuqori bo’lmasligi, mahsulotlarni bir maromda ishlab chiqarilmasligi, korxona mahsulotlarni ortib jo’natish uchun transport bilan etarlicha ta’minlanmaganligi va boshqalar bunday vaziyatning sabablari bo’lib hisoblanadi.
Mahsulotni sotish aniq iste’molchi tomonidan buyumlar-ning ayrim turlari ko’rinishida amalga oshiriladi. Yetka­zib beruvchilar va haridorlar mahsulot etkazib berish to’g’risida shartnoma tuzadilar. Unda buyumlarning ro’yxati, miqdori, etkazib berish muddatlari va boshqa shartlar ko’zda tutiladi. Ularning bajarilishi tahlili 8-jadvalda keltirilgan.

Download 177.5 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page