Tadbirkorlik asoslari


Korxonaning yalpi daromadi



Download 177.5 Kb.
Page5/11
Date08.05.2024
Size177.5 Kb.
#64203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
tadbirkorlik
Korxonaning yalpi daromadi – mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumdan moddiy harajatlarni chiqarib tashlagandan keyin ish haqi va foydani o’z ichiga oluvchi korxona sof mahsulotlaridan iboratdir. Bozor munosabatlari sharoitida korxona eng katta foyda olishga erisha olmasa, tovarlarni sotish va xizmatlar ko’rsatish bozorida o’z mavqeini mustahkam ushlab turish, raqobat sharoitida o’zining ishlab chiharishini dinamik rivojlanishini ta’minlashga imkon beruvchi foyda hajmini olishga harakat qilishi kerak. Umumxo’jalik faoliyatidan olinadigan foyda (zarar) quyidagi algebraik summa tarzida hisoblanadi: asosiy faoliyatdan foyda plyus dividendlar va foizlar bo’yicha daromadlar plyus yoki minus investitsiyalar va qimmatbaho qog’ozlarni qayta baholashdan keladigan daromadlar (zararlar) va minus foiz­lar bo’yicha harajatlar plyus yoki minus boshqa moliyaviy fa­oliyatdan daromadlar (zararlar).
Soliq to’langunga hadar foyda umumxo’jalik faoliyati­dan foyda va favqulodda foydalar va zararlar saldosining algebraik summasi sifatida aniqlanadi. Soliq to’langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda daromad soliqlarini chiqarib tashlash bilan soliqlar to’langunga qadar foyda va minus hali hech qaerda hisobga olinmagan boshqa soliqlar va to’lovlardan iborat bo’ladi. Quyidagi 10-jadvalda korxona foyda olishining tahlili berilgan.
Asosiy faoliyatdan olinadigan foyda (zarar) va uni o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili (ming so’m)

Ko’rsatkichlar

Haqiqatda

Farqi
(+;-)

Foyda hajmiga ta’siri

O’tgan yil uchun

Hisobot yil uchun

Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda

26399

26704

+305

+305

Davriy harajatlar

10341

11553

+ 1212

-1212

Boshqa daromadlar

5452

6089

+637

+637

Boshqa zararlar

24310

25774

+ 1464

-1464

Asosiy faoliyatdan foyda (zarar)

-2400

-4534

2134

x

Jadval ma’lumotlarining ko’rsatishicha, korxonada asosiy faoliyat bo’yicha o’tgan yili 2400 ming so’m, hisobot yilida esa 4534 ming so’m zararga yo’l qo’yilgan, ya’ni zararlarning o’sishi yiliga 2134 ming so’mni tashkil qilgan. Bu zararlarga boshqa harajatlarning 1464 ming so’mga va davriy harajatlarning 1212 ming so’mga ko’payishi natijasida yo’l qo’yilgan. Shuning bilan birga sotishdan yalpi foydani 305 ming so’mga, boshqa daromadlarni 637 ming so’mga o’sishi hisobiga korxona asosiy faoliyatidan 942 (305+637) ming so’m foyda olgan. Ammo foydaning bu mikdori zararni qoplash uchun etarli emas.
Korxona ish faoliyatining samaradorlik darajasini baholash uchun olingan natija (yalpi daromad, foyda) harajatlar yoki foydalanilgan resurslar bilan taqqoslaniladi. Foy­da va harajatlarni tenglashtirish rentabellikni yoki aniqrog’i rentabellik me’yorini bildiradi.Amaliyotda rentabellik me’yorini o’lchashning ikki variantidan foydalaniladi. Bu foydaning korxonaning joriy sarf-harajatlari (tannarx)ga yoki avanslashgan qo’yilmalar (asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag’lar)ga nisbatidir. Ikkala o’lchov varianti ham bir-biri bilan avans­lashgan qo’yilmalar oboroti tezligi ko’rsatkichi bilan bog’langan:

Download 177.5 Kb.

Share with your friends:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




The database is protected by copyright ©ininet.org 2024
send message

    Main page