Fondning qaytarilishi va fondning sarflanishi. Bu ko’rsatkichlar bilan korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi aniqlanadi. Fondning qaytarilishi asosiy fondlarning bir so’miga to’g’ri keluvchi ishlab chiqarilgan mahsulot mikdori (summasi)ni ko’rsatadi.
Fondning qaytarilishi
=
Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q)
Asosiy fondlarning qiymati (F)
Fondning sarflanishi – bu fond qaytarilishining teskari miqdori bo’lib, mahsulot birligiga asosiy fondlarning qanday summasi to’g’ri kelishini ko’rsatadi:
Fondning sarflanishi
=
Asosiy fondlarning qiymati (F)
Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q)
Fondning qaytarilishining oshishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirishga, ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini pasaytirishga va asosiy fondlarga ehtiyojni nisbatan qisqartirishga imkon beradi.
Fondning qaytarilishi va fondning sarflanishi mikdoriga har xil omillar ta’sir qiladi. Fondning umumiy qaytarilishi asosiy ishlab chiqarish fondlari o’rtacha yillik qiymatidagi mashinalar va uskunalar o’rtacha yillik qiymatining bir so’miga to’g’ri keladigan mahsulot chiqarishiga bog’liqdir. Mashinalar, uskunalar qiymatining bir so’miga to’g’ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish mehnatdan foydalanishning samaradorligini ifodalaydi. Ushbu ko’rsatkichlarning tahlili 12-jadvalda berilgan.