Jadval ma’lumotlari ko’rsatishicha, hisobot yilida asosiy fondlardan foydalanishning samaradorligi, ya’ni fondning qaytarilishi o’tgan yilga nisbatan 0,2 so’mga ko’paygan, bu korxona ishiga ijobiy ta’sir qilgan.
Mahsulotga material sarflanishi. Bu aylanma fondlar (mablag’lar)dan foydalanishning umumlashtiruvchi ko’rsatkichi bo’lib, u korxonaning iste’mol qilingan aylanma fondlari qiymatining ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi. Mahsulot birligiga sarflangan xom ashyo va materiallarning miqdori haqida darak beruvchi tabiiy o’lchovdagi aniq ko’rsatkichlarni ham xuddi shu ko’rsatkichga o’xshab hisoblash mumkin. Bu ko’rsatkichlar xo’jalikni isrofgarchilik yoki tejamkorlik bilan olib borilganligini ko’rsatadi. Bu pirovardida tannarxning pasayishi va foydaning ko’payishiga ta’sir qiladi.[4]