Jadval ma’lumotlari ko’rsatishicha, hisobot yilida sotilgan mahsulotlarning rentabelliligi o’tgan yilga nisbatan 0,4% ga pasaygan. Bu sotishdan sof foyda miqdorini 3645 ming so’mga ko’paygani natijasida sodir bo’lgan.
Mehnat unumdorligi. Bu ko’rsatkich bilan xodimlarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi aniqlanadi. Bu ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim o’lchovlaridan biridir. Mehnat unumdorligining o’sishi jonli va buyumlashgan mehnatning tejalishini bildiradi.
Mehnat unumdorligi – bu bir xodim tomonidan ish vaqti birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulotning mikdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarishga ish vaqtining mikdori bilan o’lchangan jonli mehnat sarfining samaradorligidir. Birinchi ko’rsatkich bir xodimning vaqt birligi ichida ishlab chiqargan mahsulotini aniqlaydi:
Ishlab chiqarish
=
Ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori (Q)
Ishlangan vaqt (T)
Ikkinchi ko’rsatkich mehnat sarfini, ya’ni mahsulot birligiga sarflangan vaqtni aniqlaydi:
Mehnat sarfi
=
Ishlangan vaqt (T)
Ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori (Q)
Mehnat unumdorligining oshishi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishga, mahsulot tannarxini pasaytirishga, ish kuchiga ehtiyojni nisbatan qisqartirishga, xodimlar ish haqining o’sishini ta’minlashga imkon beradi. Bularning barchasi kichik korxonaning muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarurdir. Mehnat unumdorligining quyidagi ko’rsatkichlari mavjud: bir ishchining o’rtacha yillik ishlab chiqarishi (mahsulot hajmini ishlovchilarning o’rtacha ro’yxat soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ishlab chiqarish (mahsulot hajmini ishchilarning o’rtacha ro’yxat soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha kunlik ishlab chiqarish (bir kunlik mahsulot hajmini barcha ishchilar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga bir soatga to’g’ri keladigan o’rtacha ishlab chiqarish (bir soatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini barcha ishchilar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi).[3]